O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Srechko Katanes boshchiligida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Biz yaqindagina Rossiya Premer-ligasi klubi "Nijniy Novgorod" safiga borib qo‘shilgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning fikrlariga qiziqdik:
- "Yangi bosh murabbiy Srechko Katanes bugun biz bilan majlis o‘tkazdi va o‘z g‘oyalari bilan tanishtirdi. Birinchi navbatda, u terma jamoada tartib o‘rnatishini aytdi. Katanetsning boshqa murabbiylardan farqi bor. U talabchanroq va bizga doim birgalikda yurishimiz kerakligini ta’kidladi.
Rossiyaga borganimga 1 hafta bo‘ldi. 2 kun mashg‘ulot o‘tadim va asosiy tarkibda maydonga tushdim. Ishonch uchun Kerjakovga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Endi oldimizdagi o‘yinlarda uning ishonchini oqlashga bor kuchim bilan harakat qilaman.
Menga Yevropaning boshqa klublaridan ham takliflar bor edi. "Jenoa" borasida Eldor Shomurodov bilan maslahatlashdim. U avval Rossiyada o‘zimni ko‘rsatishim, keyinchalik yanada kuchliroq jamoalarga o‘tishim kerakligini aytdi. O‘zim ham shuni rejalashtirayotgan edim.
Terma jamoa doim eng muhimi bo‘lib qoladi. Bu yerda faqat sog‘lom raqobat bo‘lishi kerak. Sayfiyev bilan oramizda ham aynan shu narsa bo‘lishini xohlardim". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”