10:23 / 29.08.2021
1 985

Mourinyu Borxa Mayoralni "Roma"da olib qolmoqchi

Mourinyu Borxa Mayoralni "Roma"da olib qolmoqchi
Joze Mourinyu Borxa Mayoral haqida gapirdi. "Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu hujumchi Borxa Mayoralni jamoadan ketishini istamayapti. Futbolchining transfer huquqi "Real Madrid"ga tegishli hisoblanadi. Ispan klubi esa Mayoralni "Kristal Pelas"ga transfer qilish niyatida.

"Biz Borxa Mayoralni ushbu mavsumdagi rejalarimizga qo‘shganmiz. Ikki donagina hujumchi bilan qolish juda katta tavakkal. U kuchli o‘yinchi, o‘tgan mavsum ajoyib gollar kiritgan. Mayoral kuchli mehnat qilmoqda, men uni yo‘qotishni xohlamayman", - deydi Joze Mourinyu.

Eslatib o‘tamiz, Mayoral "Real" tarbiyalanuvchisi, "Roma" uni 2022 yilning yoziga qadar ijaraga olgandi. Forvard o‘tgan mavsum rimliklar tarkibida 45ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol va 7ta assist qayd etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu Borxa Mayoralni "Roma"da olib qolmoqchi