2 575
O‘zbek tilini o‘rganayotgani, Babayanning qanday mutaxassis ekani va keyingi rejalari haqida
“Navbahor” klubida bir nechta legionerlar to‘p surayotganini bilasiz. Ayniqsa, ularning orasida o‘tgan mavsumdan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tojikistonlik Exsoni Panshanbe ajralib turibdi.
To‘g‘risini aytish kerak, futbolchi “Navbahor”da o‘ynayotganidan beri o‘yin darajasi hamda sifati ancha oshdi. Hozirga kelib Panshanbening jamoada o‘z o‘rni bor. E’tibor bersangiz, u jamoa o‘yinini qurishda faol va pleymeykerlik vazifasini yaxshi uddalayapti. Exsonni xuddi Tojikistonni Odil Ahmedovi deyish mumkin. Shu sababli u Tojikistonning eng kuchli va nomdor o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Panshanbe bemalol Yevropa klublarida to‘p surishga salohiyati yetarli.
Yodingizda bo‘lsa, yozgi transfer oynasi vaqtida unga chetdan yaxshigina takliflar ham bo‘lgandi. Biroq “Navbahor” Exsonni sotmadi va jamoada olib qoldi. Bu esa uning muhim o‘yinchi ekanligidan dalolat.
Futbolchidan “Navbahor” klubidagi hayotingiz qanday kechyapti? Namanganga kelganingizdan beri nimalar o‘zgardi? Bu yerga ancha ko‘nikib ketgandirsiz, deya so‘raganimizda shunday javob berdi:
- Hammasi yaxshi. Men klub tizimiga ancha moslashib oldim. Jamoadagi yigitlar bilan ham munosabatim do‘stona. Hayotimda hammasi tubdan o‘zgarib ketdi, deya olmayman. Ammo ancha o‘zgarishlar yuz berayotgani aniq. Gap shundaki, bizning madaniyat va mentalitetimiz bir-biriga yaqin va o‘xshashligi uchun hayotimda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, deyishim haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, o‘zbek tilini ham o‘rganishni ancha bilib oldim.
Exsoni Panshanbe biz bilan muloqotda klubdagi muhit haqida ham gapirdi va “Navbahor”dagi eng yaqin do‘sti kimligiga ham qiziqdik.
- Jamoamizda doim yaxshi muhit hukm surib, hamma bir-biriga do‘stona munosabatda. O‘z navbatida klubdagi qolgan yigitlar bilan munosabatim juda iliq va aytish mumkin bo‘lsa, do‘stona.
Ma’lumki, Panshanbe ilk bor klubda ish boshlagan Samvel Babayan bilan birga mehnat qilyapti. Xo‘sh, murabbiy unda qanday taassurot qoldiryapti va u klub hayotini ancha o‘zgartirib yuborgandir?
- Murabbiy – juda yaxshi. O‘z ishining haqiqiy mutaxassisi. Mashg‘ulotlarda u bizga juda qimmatli maslahatlarni beryapti. Butun murabbiylar shtabi yakdillik bilan ishga kirishib, jamoa manfaatini va yaxshi natijalar qayd etishi uchun faoliyat yuritishmoqda, - deya javob berdi, Panshanbe.
Yuqorida aytganimizdek, Panshanbega turk klublaridan takliflar kelib tushgandi. Ammo “Navbahor” rahbariyati uning ketishiga rozilik bermadi. O‘sha chog‘da muzokaralar qanday kechgandi? Exsoni shunday dedi:
- Mening transferim bilan bog‘liq muzokaralarni doim agentim Kova Tilavpur yuritib keladi. Mening vazifam esa qayerda to‘p surmayin, o‘z ishimni iloji boricha yuqori darajada bajarishdan iboratdir.
Kuni kecha “Navbahor” klubi safarda “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘sha bahsda tojikistonlik legionerning “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda namoyish etgan o‘yini ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. O‘sha o‘yindagi muvaffaqiyatning siri nimada, deb so‘raganimizda Panshanbe o‘z munosabatini bildirdi.
- Biz butun jamoa bo‘lib hamjihatlik bilan harakat qildik va o‘ta qimmatli bo‘lgan uch ochkoga ega chiqdik. Biz uchun o‘sha uch ochko o‘ta muhim edi.
Shuningdek, uning keyingi rejalari bilan ham qiziqdik...
- Bundan keyin o‘z o‘yinimni yanada yaxshilash uchun astoydil harakat qilishni rejalashtirganman. Hozircha yoshman, shu bois tajribamni oshirmoqchiman. Ayniqsa, xalqaro miqyosidagisini.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”