Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 sentabr kuni Shvetsiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Terma jamoamiz uchun Yevropa terma jamoalariga qarshi maydonga chiqish kecha yoki bugun sodir bo‘layotgani yo‘q. Umuman olganda biz uchun bu yangilik hisoblanmaydi. Qaysidir ma’noda ko‘nikma shakllanib ulgurgan, deya olamiz. Boisi milliy jamoamiz Yevropa vakillari bilan o‘ynash an’anasini boshlaganiga qariyb 20 yildan oshdi. Ushbu yo‘ldagi ilk bahs Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi kechgan bo‘lib, ular bilan shu kungacha naqd 9 bor to‘qnash kelganmiz.
Keyingi o‘rinlarda Belarus 3, Armaniston 2, Estoniya 2, Slovakiya 1, Albaniya 1, Ukraina 1, Chernogoriya 1, Latviya 1, Gruziya 1, Isroil 1 marotabadan raqiblik qilgan. Shvetsiya umumiy hisobda terma jamoamiz uchun Yevropadagi 13 raqib hisoblanadi.
Ozarbayjon - O‘zbekiston 2:1
O‘zbekiston - Ozarbayjon 5:1
Isroil - O‘zbekiston 2:0
O‘zbekiston - Armaniston 0:2
O‘zbekiston - Ozarbayjon 2:1
O‘zbekiston - Bosniya va Gersogovina 2:1
Slovakiya - O‘zbekiston 4:1
Ozarbayjon - O‘zbekiston 2:0
Belarus - O‘zbekiston 2:2
O‘zbekiston - Belarus 1:2
Latviya - O‘zbekiston 0:3
Ozarbayjon - O‘zbekiston 3:1
O‘zbekiston - Ozarbayjon 0:0
Ozarbayjon - O‘zbekiston 1:0
O‘zbekiston - Estoniya 0:0
O‘zbekiston - Bosniya va Gersogovina 0:0
Armaniston - O‘zbekiston 3:1
Albaniya - O‘zbekiston 1:0
Estoniya - O‘zbekiston 3:3
Chernogoriya - O‘zbekiston 1:0
Ukraina - O‘zbekiston 2:0
Ozarbayjon - O‘zbekiston 0:0
O‘zbekiston - Gruziya 2:2
Belarus - O‘zbekiston 1:0
Mana shu o‘yinlarda jamoamiz 4ta g‘alaba, 13ta mag‘lubiyat, 7da durang qayd etilgan. Odatda vatan jamoasidan har qanday holatda ham g‘alaba kutamiz. Lekin kuchli raqiblar bilan uchrashuvlardagi mag‘lubiyatlar foydadan holi bo‘lmaydi. Qolaversa murabbiy uchun ham shogirdlarining kuchli yoki kuchsiz tomonlarini ko‘rib olishi uchun ayni payti sanaladi. Bo‘lajak bahsda futbolchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
Abdulaziz Iskandarov
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi