Himoyachilarning xatosi, Shomurodovdan gol – Katanetsning debyuti omadsiz chiqdi

Himoyachilarning xatosi, Shomurodovdan gol – Katanetsning debyuti omadsiz chiqdi
Shvetsiya – O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda Srechko Katanets shogirdlari 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda maydon egalari tezkor gol kiritishga erishdi. Qanotdan uzatilgan to‘pni Abdulla Abdullayev o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. Bellashuvning 36-daqiqasida himoyachilarimizning xatosidan so‘ng Telen oradagi farqni yana bittaga oshirdi.

71-daqiqada termamiz hisobni qisqartirdi. Farrux Sayfiyevning ajoyib uzatmasini Shomurodov gol bilan yakunlab qo‘ydi. Shu tariqa, bahs so‘nggiga qadar hisob o‘zgarmay qoldi.

Shvetsiya - O‘zbekiston 2:1
Gol:
Abdulla Abdullayev (avtogol), 56, 1:0, Isaak Kize Telin, 35, Eldor Shomurodov 70, 2:1
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiyev, Abdulla Abdullayev, Doston Tursunov, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov, Oybek Bozorov, Jaloliddin Masharipov, Farrux Ikromov, Eldor Shomurodov.
Zaxira: Valijon Rahimov, Sanjar Quvvatov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Abror Ismoilov, Xojimat Erkinov, Sanjar Qodirqulov, Akmal Mozgovoy, Azizbek Amonov, Igor Sergeyev.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar