Shvetsiya – O‘zbekiston (2:1) xalqaro o‘rtoqlik o‘yinidan keyin terma jamoamiz ustozi Srechko Katanes o‘z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi navbatda, Shvetsiya terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, men 7 kundan beri O‘zbekistondaman. Jamoa ushbu o‘yinda ko‘rsatgan natijadan qoniqdim. Biz juda yaxshi o‘ynadik. Albatta, ba’zi xatolarga ham yo‘l qo‘ydik, bu esa normal holat. Jamoamizda yosh o‘yinchilar juda ko‘p. Endi biz bu yoshlar bilan yangi jamoa qurishimiz kerak. Umuman olganda, bizda bor o‘yinchilar va ularning o‘yinidan qoniqish hosil qildim. Kelajakda ham shu ruhda davom etishimiz kerak. Kuchli jamoalar bilan kuchli o‘yinlar ko‘rsatishimiz kerak. Shvetsiya termasiga kelsak, ular bir necha yillardan beri yuqori darajada o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda. Bizga qarshi ikkinchi tarkib o‘ynagan bo‘lsa ham, ular juda ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Ular bir necha kun oldin Ispaniyani mag‘lub qilishdi. Bu biz uchun albatta, ajoyib tajriba bo‘ldi", – dedi Katanes.
- Markaziy himoyachilar haqida nimalar deya olasiz? Ular qanday o‘yin ko‘rsatishdi deb o‘ylaysiz? O‘yin boshida ko‘plab xatolar yuzaga keldi...
- Men bunga normal qarayman, hamma ham xato qiladi. Ulardan biroz agressivroq bo‘lishlarini xohlagan bo‘lardim. Nafaqat himoya, balki butun jamoa agressivroq o‘ynashi lozim. Men ko‘rgan kamchilik aynan shundan iborat, ya’ni agressiv o‘yinning yo‘qligi. Jamoamiz bir oz sekin harakat qildi, qanot futbolchilarida ham aynan shu kamchilik sezildi. Ammo qaytaraman, men jamoani o‘yinidan to‘liq qoniqdim. Jismoniy tarafdan juda kuchli bo‘lgan Shvetsiya terma jamoasiga qarshilik ko‘rsatish himoyachilarimizga oson bo‘lgani yo‘q. Men ularni tabriklayman. O‘yinimizdan xotirjamman. Hech qanday havotirlanadigan narsa yo‘q. Osiyo va Yevropada o‘yin uslublari har xil, bizda bir oz sekin futbol o‘ynaladi. Yosh o‘yinchilarimizga kelsak, biz ularga ko‘proq imkoniyat berishimiz kerak, ularga o‘sishlari uchun aynan o‘yin amaliyoti zarur.
- Eldor Suyunov haqida gapirsangiz. U bugun eng yaxshi futbolchi bo‘ldimi?
- To‘g‘risi, bilmayman. Balki shundaydir. Ha, u bugun bir nechta ajoyib seyvlar ko‘rsatdi. Lekin men jamoani to‘liq o‘rganishga ulgurmadim. Milliy jamoa bilan bir nechta mashg‘ulotlar o‘tkazdim, xolos. Murabbiy biror qarorga kelishi uchun ozroq vaqt kerak bo‘ladi. Darvozabon yoki boshqa masalalarda biror aniq fikr aytish uchun yetti kun juda kamlik qiladi.
- Bir oz hazilomuz savol, Ispaniya bilan bir xil hisobda mag‘lub bo‘ldik. Shu haqda gapirsangiz...
- Ha, albatta, biz Ispaniya bilan bir xil natija qayd etdik (kulib qo‘yadi). Hazil, albatta. Shvetsiya terma jamoasiga kelajakdagi o‘yinlarda omad tilayman. Ular bugun jiddiy o‘yin ko‘rsatishdi. Omad. Hammaga rahmat! “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”