2 162
Diyor Imomxo‘jayev: Kuperning fikrlari to‘g‘ri edi... Katanes muhim o‘yinga 1 kun qolganida yangi himoya o‘ylab topmaydi
Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Bellashuvda hamyurtlarimiz 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida terma jamoamizning avvalgi va hozirgi xorijlik murabbiylari haqida fikr bildirdi.
- Termani Kuper qabul qilib olganida umid paydo bo‘lgandi. Eslaysiz, Kuper asosiy muammo himoyamizda ekanini bilgan, ishni uni sozlashdan boshlagan. Chunki asosiy raqiblar: Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya, Saudiya va hokazo. Ularga qarshi hujumkor o‘ynash qiyin, ular himoyadagi yarimta xatoni bitta golga aylantirishni eplaydi.
Shvetsiyaga qarshi bugungi uchrashuvni ko‘rib, o‘sha umid qayta uyg‘ondi. Futbolchilarimiz Yevropa maydonida yo‘qolib qolishmadi. Ko‘rindiki, Kuperning fikrlari to‘g‘ri edi, himoyani sozlash kerak. Katanetsda buning uchun vaqt bemalol bo‘ladi.
Katanes muhim o‘yinga 1 kun qolganida yangi himoya o‘ylab topmaydi. U vingerni o‘rtaga, o‘rtani himoyaga tiqib qo‘yadigan avantyurist emas. Agentlik bilan shug‘ullanmaydi va shundan kelib chiqib, hammaga teng munosabatda bo‘ladi. FIFA kunlarini hurmat qiladi. Klublarni o‘ziga tobe deb bilmaydi, ular bilan hamkorlikni muhim sanaydi. Futbolchilarga talabni qat’iy qo‘yadi va o‘z xatolarini ularning e’tiqodidan izlamaydi. Shuning uchun ham qandaydir Iroq termasi bilan Toshkentda bemalol o‘ynagan.
Murabbiy, o‘rtoqlik o‘yini va yig‘in masalasida so‘nggi ikki yilda birinchi marta yaxshi jihatlar ko‘rdik. Mana shu tempni ushlab qolish shart. Va, albatta, unutmaylikki, hammasi Katanetsning o‘zigagina bog‘liq emas. Biz futboldagi ichki muammolarimizni tartibga solishimiz kerak. Buning uchun avval ularning borligini tan olishimiz, keyin eski xatolarni takrorlamaydigan qarorlar qabul qilishimiz muhim, - dedi Diyor Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”