Superliganing 17-turida “Mash’al” klubi bugun o‘z maydonida “Andijon”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.
O‘yindan keyin mezbonlar murabbiyi Dilyaver Vaniyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Bugun “Mash’al”ning mag‘lubiyatga uchrashiga nima sabab bo‘ldi?
- Bugun ko‘rgan bo‘lsangiz, turnir jadvalida yaqin turgan ikkita jamoalar o‘ynadi. Ushbu uchrashuvda biz yutishimiz kerak edi. Mag‘lubiyatimizning sababi, bugun o‘yinchilarimizni ahvoli ideal holatda emasdi. “Andijon” mana shunday o‘yin ko‘rsatishini futbolchilarimizga aytgandik. Alamli mag‘lubyat, bugun yutganimizda xavfli zonadan chiqib ketardik. Kurash oxirgi turgacha davom etadi.
- Xomyakovning o‘z o‘rnida emasligi ham o‘yinga ta’sir ko‘rsatdimi?
- Bugun bosh murabbiy yo‘q edi. Betob edi. Albatta, u bilan o‘yindan oldin maslahat qildik, tayyorgarlik ko‘rdik. Ammo bugungi mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman.
- Ibe Okoro zaxiraga olinganida norozi holatda tark etdi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Yaxshi.
- Siz qo‘l tashlagan paytingizda bunga javob qaytarishni istamagandek o‘tib ketdi...
- Buni ko‘rmadim. Hammasi yaxshi. Hozir yechinish xonasida gaplashdik. Qo‘l bermaganiga e’tibor bermadim. Taktik o‘zgarishni qildik.
- Sirojiddin Qo‘ziyevdan nega foydalanmadingiz?
- Qo‘ziyevga kelsak, u asosiy o‘yinchimiz, jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishni boshladi. Faqat hali to‘liq tayyor emasdi. Murabbiylar bilan maslahatlashib maydonga tushirmaslikka qaror qildik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”