08:00 / 14.09.2021
2 246

Krishtianu Ronaldu kechki ovqatga nima yeb-ichishi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu kechki ovqatga nima yeb-ichishi ma’lum bo‘ldi
Foto: vk.com/cristiano
«Manchester Yunayted»ning zaxira darvozaboni Li Grant klub hujumchisi Krishtianu Ronalduning kechki ovqatga nima iste’mol qilgani haqida gapirib berdi. Darvozabonning so‘zlarini talkSPORT nashri keltirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qiladi. Sportchi olma pirogidan ko‘ra kinoa va avakadoni afzal ko‘rgan. Ko‘pgina jamoadoshlari uning bu tanlovidan hayratda qolishgan.

«Juma kuni kechqurun, mehmonxona. Odatda kechki ovqatdan so‘ng olma pirogi, brauni yoki yana biror nima yeyish mumkin. Hech bir o‘yinchi ularga teginmadi. Hamma Krishtianu likopchasidagi yeguliklarga qaradi. Unda nima bor edi, deysizmi? Kinoa, avokado va ikkita qaynatilgan tuxum», — dedi Grant.

Darvozabonning qo‘shimcha qilishicha, 36 yoshli Ronaldu ajoyib formada. U jamoada Grantdan keyin eng xushbichim qomatga ega.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu kechki ovqatga nima yeb-ichishi ma’lum bo‘ldi