Coca Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “lochinlar” ustozi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ehtimol, bugungi o‘yin u qadar tomoshabop kechmagandir, lekin keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Jamoalar qaysi pog‘onadan joy olgan bo‘lmasin, barcha o‘yinlar juda og‘ir kechmoqda. O‘ylashimcha, bugungi durang adolatli bo‘ldi. “Paxtakor”da ham, bizda ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, - deydi Viktor Jalilov.
- Quvondiq Ro‘ziyevning almashtirilishi nima bilan bog‘liq?
- U o‘yin tempiga ulgura olmadi, natijada u joylashgan qanotdan bir nechta hujumlarni o‘tkazib yubordik. Bunday holat hamma futbolchilarda uchraydi. Shu bois, o‘zgarish qilishga majbur bo‘ldik. Safimizda bu qanotda o‘ynaydigan futbolchilar yetarli. Zaxira almashishi o‘z so‘zini aytdi, deb o‘ylayman, o‘yinimiz kuchaydi. Qanotlardan qarshi hujumlar uyushtirdik. Ushbu chiziqdagi o‘yinni tenglashtirishga erishdik.
- Mutaxassis sifatida muxlislarsiz futbolga qanday qaraysiz?
- Albatta, hammaga qiyin bo‘lyapti, muxlislarga ham, futbolchilarga ham. Muxlislar yo‘qligida o‘yinchilar psixologik tomondan juda katta ruhiy energiya sarflashadi. Bugun stadionda muxlislar bo‘lganida, gollar ham ko‘rarmidik. Menimcha, o‘yinlarda sermahsullikning pasayishi muxlislarning yo‘qligi bilan bog‘liq. Ishqibozlar hujumdagi harakatlarga undashadi, o‘yindagi shiddat ortadi, albatta, muxlislarning yo‘qligi futbol, umuman, sport uchun katta yo‘qotish. Lekin shunga ko‘nishdan o‘zga chora yo‘q, bundan hech qayoqqa qochib bo‘lmaydi. Har holda, hissiyotlardan ko‘ra, insonlar salomatligi ustun.
- Bugungi o‘yinda “Navbahor” dastlab shiddat bobida “Paxtakor”dan ustun ko‘rindi. Lekin vaqt o‘tgani sari maydon egalaridagi mudroq harakatlar sizlarga ham yuqqandek ko‘rindi...
- “Paxtakor” – juda kuchli jamoa. Ular tarkibdagi futbolchilari bilan o‘yin tempini nazorat qila olishadi. Ha, biz qaysidir daqiqalarda tezkor hujumlar orqali vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildik. Shu bois, “Paxtakor” ham bizning o‘yinimizga moslashishga intildi, tavakkal oldinga intilmadi, tartibli himoyalandi. Umuman, bugun har ikki jamoa hujumga qaraganda, mudofaadagi ishonchli harakatlar bilan ko‘proq ajralib turdi. Ochiq o‘yin ko‘rmadik, chunki “Paxtakor” bilan bunday o‘ynab bo‘lmaydi. Biz ham raqibni o‘rganamiz, qaysi hududlarni, qaysi futbolchilarni yopish kerakligini bilamiz. Futbolda ro‘y beradigan voqealarni oldindan aytib bo‘lmaydi. Qaysidir vaziyatlar ajoyib chiqadi, qaysidir holatlarda esa harakatlar o‘xshamaydi. Umuman olganda, yigitlar strategik tomondan bugungi o‘yin uchun o‘ylagan rejamizni amalga oshira olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi