21:39 / 17.09.2021
2 655

Shohasan Mirzamatov ukrainalik raqibini texnik nokautga uchratdi

Shohasan Mirzamatov ukrainalik raqibini texnik nokautga uchratdi
Hozirgina Qozog‘istonning Almati shahrida davom etayotgan "Oktagon 23" turnirining ikkinchi markaziy jangida hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov oktagonga kshtarildi. U yurtdoshimizni jangga chorlagan Ukraina vakili Maksim Sorokaga qarshi bahs yuritdi.

Quvonarlisi, hamyurtimiz birinchi raundning ilk daqiqasidayoq raqibini texnik nokautga uchratgan holda g‘alabaga erishdi.

Endi, Shohasanning "Oktagon" promoushenida navbatdagi jangi yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasida chempionlik kamari uchun bo‘ladi. Bu divizion chempioni esa, qozog‘istonlik Baurjan Kuanishboyev hisoblanadi.

Shu o‘rinda mazkur chiroyli g‘alaba bilan hamyurtimizni tabriklaymiz!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohasan Mirzamatov ukrainalik raqibini texnik nokautga uchratdi