1 774
Goli bilan "Paxtakor"ni tiz cho‘ktirgan 20 yoshli futbolchini kim ruhlantirganini bilasizmi?
“Andijon” klubi Superliganing 19-turida o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi va 1:0 hisobida chempionat favoritini mag‘lub etib, sensatsiya qayd etdi.
O‘yindan oldin hamma bunday g‘alabani kutmagandi-a? Ammo “Andijon” jamoasi garchi raqibi o‘zidan ikki-uch barobar kuchli bo‘lsa-da, chinakam jonkuyarlik ko‘rsatib, hammani hayratga qoldi.
O‘yin taqdirini hal qilgan gol muallifi mezbonlarning 20 yoshli futbolchisi Farhod Sohibjonov bo‘ldi. Buni qarangki, “Paxtakor”ning bu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga sababchi bo‘lgan gol aynan andijonliklarning iqtidorli futbolchisi - Sohibjonovga nasib qildi.
Hujumkor yarim himoyachi bu orqali o‘ziga yuklatilgan ishonchni oqladi va bellashuvning ham eng yaxshi futbolchisiga aylandi. O‘yin tugaganidan so‘ng, Sports.uz muxbiri Farhodga bir qator savollar bilan yuzlandi.
- “Andijon”ning “Paxtakor”ga qarshi o‘yinidan qanday taassurotlar qoldi?
- Xudodan so‘rab maydonga tushgandik. Bugun yutmasak ahvolimiz yanada qiyinlashardi. Futbolchilar bilan jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik, shunga yarasha Xudo berdi. Bundan keyin ham Superligada qolishga jon-jahdimiz bilan harakat qilamiz. Bu borada muxlislarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolamiz.
- “Paxtakor”ning mag‘lubiyatini deyarli hech kim kutmagandi. Bu g‘alabaning asosiy sababi nima bilan bog‘liq?
- Qo‘limizdan kelganicha qattiq harakat qildik. To‘g‘risini aytaman, o‘zimiz ham kutmagandik, g‘alabani. Yutganimizga Xudoga shukr qilamiz.
- Gol urgan vaziyat haqida so‘ramoqchiman. O‘sha holatda darvozabonning oldinga chiqib ketganini ko‘rgach, to‘pni uning ustidan tashlab qo‘ydingiz. Golni sezganmidingiz?
- Bu ham omad. Gol urish bo‘yicha omadim keldi. Bundan keyin ham chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.
- Qizig‘i, gol urganingizdan keyin uni juda sovuqqonlik bilan qarshi oldingiz. Vaholanki, “Paxtakor”dek jamoaga gol urilganida futbolchilar boshqacha nishonlashadi...
- Chunki men oldin “Paxtakor” o‘yinchisi bo‘lganman. Shuning uchun gol urganimda “Paxtakor”ga hurmat ko‘rsatib, uni u qadar nishonlamadim. Oldin futbol maktabida o‘qiganman. Stanislav Petrovich murabbiyim bo‘lgandi.
- “Metallurg”ga yutqazib qo‘yganinglardan so‘ng, jamoada ruhiy tushkunlik bor edi. “Paxtakor” bilan o‘yingacha esa vaqt juda kam edi. Chempion jamoa bilan o‘yinga sizni kim ruhlantirdi?
- Akam ruhlantirdi. Menga shunday aka berganiga Xudoga shukr qilaman. “Paxtakor” bilan uchrashuvga aynan akam menga katta dalda berdi. Shuningdek, hammaga menga ishonch bildirgani uchun rahmat aytaman. Rahbariyat va murabbiylarimizga ham minnatdorlik bildiraman.
- O‘yindan avval Viktor Kumikovning sizlarga aytgan gaplari qanday edi?
- Ular ham oddiy odam, ularni ham ikkita qo‘li, ikkita oyog‘i bor, hamma ishni qilsa bo‘ladi, sizlar ham ishonchni oqlay olasizlar, men ishonaman, deb aytdi. Xudoga shukr, ishonchini oqladik.
- Raqibdan hayiqmadinglarmi?
- Boshida bo‘ldi. Har qanday jamoada favoritga qarshi uchrashuvda boshida biroz hayajon bo‘ladi. Lekin biz buni yengib o‘ta oldik va yakunda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik.
- “Andijon”ning “Paxtakor” ustidan erishgan g‘alabasini hamma sensatsiya sifatida qabul qilyapti. Siz ham shunday fikrdamisiz?
- Ha, sensatsiya. Boz ustiga men yoshman. Bunday yetakchilar bilan o‘yinda gol urish sharaf.
- Adashmasam, “Andijon”dagi birinchi golingizni pley-offda “Neftchi”ga urgandingiz...
- Ha, to‘g‘ri. Keyin “So‘g‘diyona” darvozasiga ham to‘p kiritgandim. Bu safar “Paxtakor”ga. Bu faoliyatimda hozirgacha urgan eng zo‘r golim bo‘ldi.
- Bu g‘alaba “Andijon”ning Superligada qolish imkoniyatini qanchalik oshirdi?
- Bugun yutib oldik, endi imkoniyatimiz ko‘proq. Xudo xohlasa, Qo‘qonda ham g‘alaba qozonsak, yanada yaxshi natija bo‘ladi. Xudo xohlasa, Superligada qolamiz.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”