Karlsen ketma-ket ikki kun Asaubayevaga qarshi klassik partiyani o‘ynashdan bosh tortdi

1 daqiqa o'qish11
Karlsen ketma-ket ikki kun Asaubayevaga qarshi klassik partiyani o‘ynashdan bosh tortdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Budapeshtdagi Total Chess turnirida qozog‘istonlik Bibisora Asaubayevaga qarshi klassik shaxmat bo‘yicha ketma-ket ikki kun o‘ynashdan bosh tortdi.
  • Har ikki holatda ham umumiy hisobdagi g‘olib oldindan aniq bo‘lgani va klassik partiya natijasi FIDE reytingiga ta’sir qilmasligi sababli Karlsenga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Total Chess jahon chempionati turnirida qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Asaubayevaga qarshi klassik shaxmat bo‘yicha partiyani ketma-ket ikki kun o‘ynamadi. Har ikki holatda ham unga texnik mag‘lubiyat yozildi. Bu haqda India Today xabar berdi.

Budapeshtda klassik, rapid va blis shaxmat turlarini birlashtirgan Total Chess jahon chempionatining sinov turniri bo‘lib o‘tmoqda. Karlsen guruh bosqichida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi: 10 ta klassik partiyaning birortasida g‘alaba qozona olmadi. Natijada uning jonli reytingi 21,8 ochkoga kamayib, 2801,2 ni tashkil etdi. Shu tariqa, shaxmatchi qariyb 17 yil ichida ilk bor 2800 ochkolik chegaradan pastga tushib ketish xavfi ostida qoldi.

Turnirning pley-off bosqichida Karlsen 17–20-o‘rinlar uchun kechayotgan bahsda Bibisora Asaubayeva bilan to‘qnash keldi. Birinchi kun rapid va blis partiyalaridan so‘ng norvegiyalik shaxmatchi 11,5:0,5 hisobida oldinga chiqib oldi. Shu tariqa, klassik partiya natijasi umumiy hisobdagi g‘olibni o‘zgartira olmasdi.

Karlsen shu sababli klassik partiyada qatnashmadi. Belgilangan kutish vaqti tugagach, unga texnik mag‘lubiyat yozildi, natijada kunlik bahs 11,5:8,5 hisobida uning foydasiga yakunlandi. Ushbu partiya FIDЕ reytingiga ta’sir ko‘rsatmadi.

Ertasi kuni shaxmatchilar yana kuch sinashdi. Rapid va blis bahslarida Karlsen 10:2 hisobida ustunlikka erishdi. Bu safar ham u klassik partiyani o‘ynashdan bosh tortdi. Asaubayevaga texnik g‘alaba yozilishi natijasida ikkinchi kunlik bahs 10:10 hisobida yakunlandi.

Karlsen o‘z qarorini izohlar ekan, kunlik bahsda g‘alaba oldindan hal bo‘lganidan keyin klassik partiyani o‘tkazishning ma’nosi yo‘qligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, bunday partiya natijasi reytingga ham ta’sir qilmasligi kerak.

Shu tariqa, ikki kunlik bahslar yakunida Karlsen Asaubayevadan ustun keldi va turnirning 17-o‘rni uchun kurashni davom ettiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?