Toshkentda ichimlik suvi apparatlarini buzib, pullarini o‘g‘irlagan yoshlar ushlandi

1 daqiqa o'qish1
Toshkentda ichimlik suvi apparatlarini buzib, pullarini o‘g‘irlagan yoshlar ushlandi

Toshkent shahrining ikki tumanida ko‘chalarga o‘rnatilgan ichimlik suvi tarqatish apparatlarini buzib, ichidagi pullarni o‘g‘irlashda gumonlangan bir guruh yoshlar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslarning suv apparatlarini buzib, ulardagi pullarni olib ketayotgani aks etgan videolar tarqalgan edi. Ushbu tasvirlar foydalanuvchilar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari videolarni o‘rganib, voqeaga aloqador shaxslarni aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchilar poytaxtning Uchtepa va Yunusobod tumanlarida o‘rnatilgan filtrlangan ichimlik suvi apparatlarini buzib, ularning ichidagi naqd pullarni qo‘lga kiritgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2004 yilda tug‘ilgan R.A., 2007 yilda tug‘ilgan I.S. va M.N., 2008 yilda tug‘ilgan A.Q., 2010 yilda tug‘ilgan N.G‘. hamda 2011 yilda tug‘ilgan R.O. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni o‘g‘rilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda qo‘lga olinganlarning boshqa shu kabi holatlarga aloqadorligi ham tekshirilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, ularning harakatlariga qonuniy baho beriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?