21:24 / 27.09.2021
2 293

Superliga. "Lokomotiv" bahsli penalti evaziga "Mash’al"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Lokomotiv" bahsli penalti evaziga "Mash’al"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Mash’al" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida muborakliklar legioneri Godvin Chika raqib futbolchisining xatosidan so‘ng hisobni ochishga erishdi. 51-daqiqada Jasurbek Jaloliddinov chiroyli tarzda raqiblarini ortda qoldirib, muvozanatni tikladi.

Bahsga qo‘shib berilgan daqiqalarda hakam "temiryo‘lchilar" foydasiga penalti belgiladi va Temurxo‘ja Abduholiqov buni aniq amalga oshirib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

"Lokomotiv" – "Mash’al" 2:1
Gol:
Godvin Chika Okvara 34, - 0:1 (Samuel Chigozi). Jasur Jaloliddinov 51, - 1:1 (Kaxi Maxaradze). Temurxo‘ja Abduxoliqov 90+9 penalti, - 2:1.

"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 37. Sherzod Fayziyev, 3. Islom Qobilov, 20. Jaloliddin Jumaboyev (27. Islom Rashidxonov, 46), 28. Shuhrat Muhammadiyev (22. Samuel Ope, 80), 5. Kaxi Maxaradze, 19. Jasur Jaloliddinov, 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 77. Diyor Turopov (4. Dilshod Komilov, 90+9), 14. Aziz Amonov (54. Igor Chikrizov, 72), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 7. Sadriddin Abdullayev, 10. Marat Bikmayev, 45. Nurmuhammad Toshpo‘latov.

"Mash’al": 35. Dostonbek To‘xtaboyev, 2. Zafarbek Akramov (18. Abbos Shodmonov, 74), 5. Najmiddin Normurodov, 9. Oybek Nurmatov (99. Jahongirbek Abdusalomov, 77), 10. Godvin Chika Okvara, 11. Samuel Chigozi (19. Qahramon Bahodirov, 88), 13. Shahzod Shaymanov (15. Muhammad Aliqulov, 77), 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23. Samandar Shukurillayev, 27. Muhammad Yuldashev (33. Sirojiddin Allayev, 88).
Zaxira: 1. Botir Nosirov, 67. Zoyirjon Tursunov, 88. Asadbek Jo‘raqulov, 97. Ruslan Xojiyev.

Ogohlantirishlar: Godvin Okvara Chika 63, Jasur Jaloliddinov 64, Jamoliddin Ubaydullayev 90+10, Sirojiddin Allayev 90+10.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Lokomotiv" bahsli penalti evaziga "Mash’al"ni mag‘lub etdi