"Roma" bugun Konferensiyalar ligasi guruh bosqich 2-turi doirasida "Zariya" bilan kuch sinashadi. Joze Mourino shogirdlari Ukrainaga safar uyushtirdi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bellashuv oldidan fikr bildirdi. Bu haqda "la gazzetta dello sport" nashri xabar berdi.
- Mazkur bahsda g‘alaba qozonishga tayyormiz. Biz 3 ochko uchun keldik. Ukraina jamoalari juda kuchli, lekin biz g‘olib bo‘lishni xohlaymiz. Men Rimda o‘zimni yaxshi his qilyapman va hech qachon o‘zimni yulduz, deb hisoblamaganman. Jamoadoshlarimning yordami tufayli "Roma" klubiga moslashib oldim, - dedi Eldor Shomurodov.
Ma’lumot uchun, Joze Mourino shogirdlari birinchi turdan so‘ng guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. Rimliklar joylashgan "S" guruhidagi ikkinchi bahs Norvegiyaning "Bude-Glimt" va SSKA Sofiya klubi o‘rtasida kechadi. Bu bellashuv ham 21:45da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi