Xabaringiz bor, bugun UFA rasman Aziz Haydarovning o‘rnini Usmon Toshev egallaganini tasdiqladi. Taniqli futbol mutaxassisining yangi lavozimga tayinlanganini eshitgach, u bilan aloqaga chiqdik va o‘zimizni qiziqtirgan turli savollarga javob oldik.
– Avvalambor, yangi lavozimga tayinlanganingiz bilan tabriklayman. Shu o‘rinda, savolim bor: bu lavozimga sizni kim taklif etdi?
– Tabrik uchun rahmat. Bu lavozim menga uzoq muzokaralardan so‘ng, federatsiya rahbariyati tomonidan taklif qilindi.
– “Nurafshon” jamoasining boshqaruvi kimning qo‘liga o‘tadi? Klubni o‘zingiz boshqarasizmi yoki boshqa birov bu lavozimni egallaydimi?
– Men faoliyatimni faqatgina federatsiyada davom ettiraman. “Nurafshon” klubida ancha qiyin vazifalarni bajardik, ko‘p ishlar qildik. Boshqaruv boshqalar qo‘liga o‘tadi.
– Federatsiya tomonidan oldingizga birinchi bo‘lib qanday vazifa qo‘yildi?
– Federatsiya tomonidan menga eng yaxshi an’analarni davom ettirish, barcha yoshdagi terma jamoalarni bir maqsad yo‘lida do‘stona ishlash uchun birlashtirish, murabbiylarga o‘z ko‘zlagan maqsadlari yo‘lida yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yengillik yaratish maqsadida dastur tuzish kabi vazifalar yuklatildi. Ushbu lavozimni menga ishonishdi va nomzodimni ma’qul ko‘rishdi. Men ishonchni oqlashim kerak.
– Lavozim yuzasidan federatsiya bilan orangizda shartnoma tuzildimi? Umuman olganda, ish faoliyatingiz qanday tartibda kechadi? Bu shartnomali kelishuvmi yoki muddatli vazifa o‘tashmi?
–Men federatsiya xodimi vazifasida shtatli ishlayman.
–Yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiylarni tayinlash sizning vakolatingizga kiradimi?
–Albatta.
–Bundan avvalgi nutqingizda “barcha yoshdagi terma jamoalarini bir maqsad yo‘lida birlashtiramiz”, dedingiz. Aytingchi, endi barcha yoshdagi terma jamoalar tizimli harakat qiladimi? Masalan, har bir murabbiy o‘z uslubiga monand taktik sxemalar tuzgan: kimdir himoyaviy, yana kimdir hujumkor uslubda. Endilikda barcha murabbiylar bir tizim va uslubga rioya qiladimi?
–Yo‘q. Jamoa taktikasi raqib potensialiga mos ravishda tuziladi. Maqsadimiz — bosh jamoaga futbolchilarni yetkazib berishda samarali ishlash. Terma jamoa taktik strukturasi bilan tanish emasman. Ular bilan ko‘rishamiz, ularni o‘rganamiz va shundan so‘ng ma’lum sxemalar tuzamiz.
–Sizning zimmangizga terma jamoamizning o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish vazifasi ham kiradimi?
–Ha, albatta. Xalqaro bo‘lim bilan biz bu borada ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Yaxshi o‘yinlar, yaxshi sparing bo‘lishi kerak. Lekin bunda ham murabbiylar bilan maslahatlashiladi. Qanday tempdagi jamoa kerak? Qaysi jamoa bilan o‘ynash kerak — o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil qilish ham onson vazifa emas. Terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlari uchun 1–1,5 yil oldin kelishuvga erishadi. Biz ham bir yil oldin terma jamoalarga taklif bilan chiqishimiz, FIFA kunlarida o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish masalalariga jiddiy e’tibor qaratamiz.
–O‘zbekiston futbol assosiasiyasi nima sababdan saylovdan keyin darrov nomzodingizni e’lon qilmadi? Orada qandaydir muammo yuzaga keldimi?
–Yo‘q. Hech qadnay muammo yuzaga kelmadi. Bunga sabab, men ko‘p o‘ylaganimdan. Bu hazilakam lavozim emas. Shuning uchun taklifni qabul qilishdan avval har tomonlama mushohada yuritdim.
–Yaqin bir yil ichida terma jamoada qanday o‘zgarishlar qilishni rejalashtirgansiz?
–Bu haqda hozir hech narsa deyolmayman. Chunki buning uchun avval murabbiylar bilan ko‘rishib, gaplashib olishim kerak. Yillik reja tuzish oson emas. Aytishim mumkinki, maqsad — barcha yosh jamoalari bilan bir yo‘nalishda ishlash.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz