
Jahon chempionati Osiyo mintaqasi uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Birlashgan Arab Amirliklari - Eron o‘yini yakuniga yetdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar raqibga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida Mexdi Taremi amirliklar darvozasini ishg‘ol etdi. Bu gol forslarga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun kifoya bo‘ldi.
3-turdan so‘ng 100 foizlik natija qayd etayotgan Eron ochkolari sonini 9 taga yetkazib olgan holda "A" guruhi peshqadamiga aylanib oldi. BAA hisobida hozircha 2 ochko bor va ular 3-pog‘onani band etib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar