Foto: Turizm va sport vazirligi
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining kechagi bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Turizm va sport vazirligi xabariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida -55 kg. vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Ozoda Hojiyevaning dast ko‘tarish mashqidagi har uchala urinishi ham omadli chiqdi.
Siltab ko‘tarish mashqida Ozoda Hojiyeva ilk urinishida 92 kg., ikkinchi urinishida 95 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirdi. So‘nggi urinishda esa hamyurtimiz 98 kg. og‘irlikni ko‘tara olmadi. Shunday bo‘lsa-da, siltab ko‘tarish mashqida hamyurtimiz 3-o‘rinni band etdi.
Ikkikurash natijasiga ko‘ra, 172 kg. natija qayd qayd etgan O. Hojiyeva 2-o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga jahon chempionatining dastlabki kumush medalini taqdim etdi. Oltin medalni esa amerikalik Ketrin Estep qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz