
Foto: «Football-fun»
Germaniya milliy jamoasi safarda Shimoliy Makedoniyani tor-mor etdi — 0:4. Natijada nemis futbolchilari Qatarda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati finaliga birinchi bo‘lib yo‘llanma olishdi.
Nemislarning «gol urmas» hujumchisi Timo Verner g‘alabaga eng ko‘p hissa qo‘shdi: 70 va 73-daqiqalarda dublni rasmiylashtirdi. Kay Xavers (50-daqiqa) va Jamol Musiala (83-daqiqa) hisobida bittadan gol bor.
21 ochko to‘plagan Germaniya terma jamoasi «J» guruhida birinchi o‘rinda ketmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar