12:46 / 12.10.2021
1 505

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi
Xabaringiz bor, Srechko Katanes boshchiligidagi terma jamoamiz ayni kunlarda Iordaniyada mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in doirasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib Iordaniya terma jamoasi.

Iordaniya poytaxtidagi "Amman Internet Stadium"da bo‘ladigan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining YouTube dagi rasmiy kanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Srechko Katanes shogirdlari yig‘in doirasidagi dastlabki bahsda Malayziya ustidan yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi