Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibga serbiyalik hujumchi Boyan Matichni qo‘shib olgandi.
Hujumdagi muammolarni bartaraf etishi kutilgan futbolchi hozircha o‘zini to‘liq ko‘rsata olganicha yo‘q. Xo‘sh? uning “Paxtakor”ga ko‘nikishi qanday kechmoqda?
“Qizilqum”ga qarshi bahsdan so‘ng Matichga shu va boshqa savollar bilan murojaat qildik. U esa taklifimizni rad etmasdan suhbatga rozi bo‘ldi.
- O‘yin xaqida
- Bu o‘yin biz uchun juda muhim edi va bugungi g‘alaba bizni chempionga aylantirdi. O‘yin qiyin bo‘ldi va biz buni bilgan holda, qattiq tayyorgarlik ko‘rdik. Endi bor e’tiborimizni keyingi o‘yinga qaratamiz. Bizni kubok bahsi kutmoqda.
- Bizning yurtimizga va klubga ko‘nikish jarayoni qanday kechdi?
- O‘zbekiston menga juda yoqdi, ayniqsa Toshkent juda katta va zamonaviy shahar ekan. Jamoaga kelsak, do‘stlarim, murabbiylar va umuman, bu yerdagi odamlar hushmuomala ekan. Men bu yerdan bahra olyapman.
- “Partizan”dan kelib “Paxtakor”da o‘ynash qiyin emasmi?
- Yo‘q. Chunki “Partizan” hamda “Paxtakor” ikkita katta klublar hisoblanishadi. Sababi ikki jamoa muxlislari ham har bir o‘yinda uch ochko kutishadi.
- Siz Gretsiya chempionatida ham to‘p tepgansiz. O‘zbekiston, Gretsiya va Serbiya chempionatlarini taqqoslay olasizmi? Yaxshi va yomon jihatlari haqida...
- Fikrimcha, Gretsiya chempionati eng yomoni. Serbiya chempionati esa o‘rtacha. Eng yaxshisi O‘zbekiston Superligasi. Chunki O‘zbekiston chempionati Serbiyanikiga qaraganda hujumkor va tajovuzkorroq.
- Hozirgi kunda O‘zbekiston chempionatida juda ko‘p serbiyalik futbolchilar o‘ynashmoqda. Nima deb o‘ylaysiz, serblarga O‘zbekistonda yashash va to‘p tepish qulaymi?
- Albatta. Serbiyalik futbolchilarga O‘zbekistonda o‘ynash va yashash qulay. Chunki biz bu yerda o‘zimizni uydagidek his qilamiz. Misol uchun, Dragan mendan yuz metr uzoqda yashaydi. Biz har kuni "Tashkent City" va boshqa joylarga birga boramiz.
Uchqunbek suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi