Quvayt futbol assotsiatsiyasi U23 Osiyo chempionati saralashning "D" guruhi bahslariga mezbonlik qila olmaydi. Aytish kerakki, bu guruhga Saudiya Arabistoni, Bangladesh va O‘zbekiston terma jamoalari joy olgan.
O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegramdagi kanalida ma’lum qilishicha, OFK zudlik bilan Quvaytga o‘rinbosar qidirgan va ushbu saralash o‘yinlari mezbonligini Saudiya Arabistoni hamda O‘zbekistonga taklif qilgan.
Yakunda saralash turniri Toshkentda o‘tishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Nikimbayev musobaqaning dastlabki o‘yinlari 27 oktabr sanasida o‘tkazilishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhdan O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvayt jamoalari o‘rin olgan. Unda Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-21 terma jamoasi qatnashadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi