"Sherif" ustozi Yuriy Vernidub YECHL guruh bosqichi 3-turi doirasida safarda "Inter"dan uchralgan mag‘lubiyat (1:3) borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Yaxshi o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Inter" — grand jamoa ekanligini aytmasam ham barcha yaxshi biladi. Ular Italiya chempionatida oltin uchun kurash olib borishmoqda. Shunga qaramay, biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga urindik. Birinchi bo‘limni boy berdik — 0:1. Ikkinchi bo‘limda taktik o‘zgarish qildik va 5 nafar himoyachi bilan o‘ynashga o‘tdik, chiroyli tarzda javob golini urishga muvaffaq bo‘ldik.
Afsuski, keyin standart vaziyatlardan yana ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Albatta, bundan ko‘prog‘ini, yaxshirog‘ini istagandik. Biroq bo‘lar ish bo‘ldi. Men shogirdlarimga o‘yin uchun, maydonda borlarini berib harakat qilganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman — ular oxirigacha kurashishdi. Oldinda Tiraspoldagi javob o‘yini bor, tayyorgarlik ko‘ramiz. Futbolchilarim bilan faxrlanaman.
"Sherif" va "Real Madrid" 3-turdan so‘ng 6 ochkodan jamg‘argan, lekin o‘zaro o‘yindagi natija tufayli Jasurbek Yaxshiboyev jamoasi birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Inter" hisobida 4 ochko, "Shaxtyor"da — 1 ochko bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi