20:30 / 26.10.2021
1 455

FIFA prezidenti "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabrikladi

FIFA prezidenti "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabrikladi
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘FA prezidenti Abdusalom Azizovga "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempioniga aylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Ushbu xatda shunday deyiladi:
- Toshkentning "Paxtakor" futbol klubini 2021 yil O‘zbekiston chempioniga aylangani bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Ushbu muhim sovrin bilan klubdagi har bir inson mashaqqatli mehnati, ishtiyoq va sadoqati bilan g‘ururlana oladi. Tabrigimni klubga aloqadar barcha insonlarga yetkazishingizdan mamnun bo‘lardim. Ularni shunday jamoaviy ruh, ehtiros va qat’iyat bilan ishlashda davom etishga chaqiraman.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA prezidenti "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabrikladi