
Noyabr oyi oxirida Parijda France Football tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan nufuzli mukofot — "Oltin to‘p" sovrini o‘z egasiga topshiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarga ovoz berish natijalari aks etgan surat tarqaldi. Tvitterda tez tarqalayotgan ushbu rasmga ko‘ra, "Oltin to‘p"ni "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski qo‘lga kiritadi.

22 oktabr kuni yakunlangan ovoz berishda ikkinchi o‘rinni Lionel Messi, uchinchi o‘rinni esa Karim Benzema egallagani aytilmoqda.
Aytish joizki, o‘tgan yili pandemiya sababli "Oltin to‘p"ni topshirmaslikka qaror qilingan edi. Shu bilan birga, ko‘plab mutaxassislar va muxlislar mukofot Robert Levandovskidan tom ma’noda tortib olingan deb hisoblashadi, chunki 2020 yilda u ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va "Bavariya" qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarning sohibi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar