
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etadi. Shahram G‘iyosov (-71 kg) qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga ro‘baro‘ keldi. Ikki bokschining avvalgi to‘qnashuvida Shimbergenovning qo‘li baland kelgandi.
Shu bois ko‘pchilik hamyurtimizdan revansh kutgandi. Ammo afsuski, bu gal ham Shahram imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng bokschimiz instagramdagi sahifasida jang va hakamlik haqida gapirdi.
- Avvalo, barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ishonch uchun kattakon rahmat. Men hech narsa demoqchi emasman. Barchasini o‘zingiz ko‘rdingiz, hakamlar nima qildi, nima qo‘yishdi, bilmay qoldim. O‘zingiz fikringizni bildirasiz.
Havaskor boksda 4-5 yildan beri jang o‘tkazmayotgandim. O‘ylaymanki, jang juda zo‘r bo‘ldi. O‘zim ham jangdan rohatlandim. Buyog‘ini hakamlar qildi, ular bilan ishim ham yo‘q. Sizlar hakamsizlar, hulosa o‘zingizdan. Barchaga rahmat, - dedi Shahram G‘iyosov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar