21:41 / 30.10.2021
1 510

Ko‘pchilik unutayozgan, ammo 7 o‘yindan beri yutqazmayotgan grand jamoa

Ko‘pchilik unutayozgan, ammo 7 o‘yindan beri yutqazmayotgan grand jamoa
O‘zining go‘zal o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislar qalbidan joy olgan Londonning "Arsenal" jamoasi bir necha yildan beri muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsata olmayapti. Shuning uchunmi, shu davr mobaynida uni hatto grandlar safidan chiqarib, unutish darajasigacha yetib borishdi.

Xususan, bu yilgi mavsumni londonliklar ketma-ket uchta mag‘lubiyat bilan boshladi. Ayniqsa, 3-turda "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda javobsiz 5 ta gol bilan sharmanda etilgach, uning o‘yinlariga bu yil ham umid bog‘lagan ko‘pchilikning sekin-asta hafsalasi pir bo‘ldi.

Jamoa mag‘lubiyatlarida aksariyat mutaxassislar va muxlislar bosh murabbiy va sobiq "to‘pchi" Mikel Artetani ayblab ko‘rdi. Rahbariyat uni ko‘p ogohlantirdi. Ayniqsa, oxirgi 5:0 hisobidagi sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng...

Jamoa 4-turda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. O‘z uyida "Norvich"ni kichik hisobda yutdi. Ko‘pchilik e’tibor qilmadi. Keyingi turda "Bernli" ustidan shunday g‘alaba qozonganda ham odamlar musobaqa jadvalida o‘rin talashayotgan boshqa grandlar bilan ovora edi.

Ammo 6-turga kelib, London derbisida "to‘pchilar" borligini eslatib qo‘yishdi va "Tottenxem"ni 3:1 hisobida tor-mor keltirdi. Grandlar bilan to‘qnash kelmayotgani uchun yutishni boshlagandi, deguvchilar ushbu derbidan keyin mum tishlab qolishdi.

Keyin ikki turda ketma-ket durang o‘ynagan to‘pchilar 9-turda yana g‘alabali seriyasiga qaytishdi. O‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan o‘sha turda londonliklar "Aston Villa"ni 3:1 hisobida yutib, autsayderlar safidan ancha teparoqqa chiqib oldi.

Bugun 10-tur doirasida "Arsenal" endi "Lester" mehmoni bo‘ldi. Ikkala jamoa 14 ochko bilan 9 va 10-o‘rinni talashib turgandi. Shiddatli o‘yinda "to‘pchilar" ishonchli tarzda g‘alabaga erishib, hozircha musobaqa jadvalining 5-pog‘onasiga ko‘tarilib olishdi.

Ko‘pchilik e’tibor bermadi, boshidagi 3 ta turda yutqazgan jamoa o‘shandan keyin mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Mana, ketma-ket 7 turdan beri "Arsenal" yutqazmayapti va ochkolari sonini 17 taga yetkazib oldi.

Lester - Arsenal - 0:2 (0:2)
Gollar
: Gabriel, 5 (0:1). Smit-Rou, 18 (0:2).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ko‘pchilik unutayozgan, ammo 7 o‘yindan beri yutqazmayotgan grand jamoa
ePN