1 428
Saidjamshid Ja’farov ozarbayjonlik bokschini yengib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 1 noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-75 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Ja’farov ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzadega qarshi ringga ko‘tarildi. Ja’farov uchala raundda ham raqibiga imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ja’farov endilikda chorak final doirasida 2 noyabr kuni tailandlik Verapon Jongjohoga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ja’farov avvalgi janglarda slovakiyalik Lukas Fernetsa va yaponiyalik Yuito Marivaki ustidan g‘alaba qozonib, 1/8 finalga chiqqan edi.
1 noyabr kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov — Chu Yen Lai (Xitoy Taypeyi) – 23:10 dan keyin;
-80 kg: Odiljon Aslonov — Robbi Gonsales (AQSH) – 00:30 dan so‘ng. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi