Yaqinda O‘FA terma jamoalar bo‘limida faoliyatini boshlagan Usmon Toshev ayni paytda qizg‘in ish ustida. Ma’lumki, ushbu oyda milliy terma jamoamiz Tbilisida Gruziya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mutaxassisga yuklatilgan vazifadan kelib chiqib keyingi rejalari bilan qiziqdik.
- O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i sifatida ishga kirishganingiz bu katta mas’uliyat. Bu yerdagi ishni nimadan boshladingiz?
- Har doimgidek e’tiborli bo‘lish, bir-birimizga hurmat ko‘rsatish, tartib-intizom va har kim o‘z ishini professional tarzda bajarishi kerak. Hech kim bir-birining ishiga aralashmasligi lozim. Hech qachon operator menejerga, menejer murabbiyga qarab baho berishi durust emas. Har kim o‘ziga yuklatilgan ishni qilsa bo‘ldi. Hamma professional ishlaydigan bo‘lsa, oldinga bir qadam yurgan bo‘lamiz. Ishni tartib-intizomdan boshladik.
- Ushbu oyda terma jamoamiz safarda Gruziyaga qarshi o‘ynaydi. Ushbu uchrashuvni tashkil qilish tashubbusi kimdan chiqdi: bizdanmi yo ulardanmi?
- Albatta, bizdan. Biz jahon chempionatining keyingi bosqichiga chiqa olmadik. Hamma jamoalarni esa taqvim bo‘yicha o‘yinlari bor. Biz kimda bo‘sh vaqt borligiga qarab ish ko‘rishimiz kerak. Ayrim paytlarda bizga taklif bilan chiqishadi yoki o‘zimiz taklif bildiramiz. Bu normal holat. Doim bir-birimiz bilan aloqada bo‘lamiz. Ba’zi paytlarda tanishlarimizdan foydalanamiz. Maqsadimiz bo‘yicha bosh murabbiyga yaxshi bo‘lgan o‘yinlarni topishimiz kerak. Bu Yevropa, Afrika yoki Osiyo jamoasi bo‘ladimi, farqi yo‘q. Asosiysi, murabbiyga kerakli o‘yin bo‘lishi muhim. Futbolchilarni u tayyorlaydi. Tayyorgarlik jarayonida qaysi va qanday o‘yin kerakligini rejasiga qarab biladi. Biz esa murabbiyimizga qulay bo‘lishi uchun yaxshi raqiblarni topishga harakat qilamiz.
- Barchamiz terma jamoamizni kuchliroq raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘tkazishini xohlaymiz. Shunday ekan, keyingi rejalar biz uchun qiziq...
- O‘zingiz ham kuchli jamoalar haqida gapiryapsiz. Hozir hamma jamoalar o‘ynashni biladi. Lekin har kimni har xil kuchi bor. Yoki jismoniy holati turlicha. Masalan, qaysidir terma jamoa jismoniy yuklamalar bilan yoki boshqasi yengil holatda o‘ynaydi. Biz murabbiy bilan kelishgan holda o‘zimiz uchun kerakli o‘yinlarni topishga intilamiz. Albatta, top-raqiblarni topib, o‘shalar bilan o‘ynash orqali o‘zimizni tayyorlaymiz. Bunday o‘yinlar futbolimizga ham, murabbiylarga ham yaxshi. Ishqibozlarga ham juda ma’qul bo‘ladi. Umuman olganda, rejamiz qiyin emas. Yana bir bor aytaman: har kim o‘z ishini qilsa, futbol aslida juda oddiy.
Masalan, men hech nimaga qo‘shilmasdan faqat o‘z vazifamni bajarsam hammasi yaxshi bo‘ladi. Bilasiz, FIFA kunlari bor. Terma jamoalar asosan mana shu FIFA kunlarida o‘yinlar o‘tkazadilar. Murabbiyning rejasiga qarab raqiblarni topamiz. Qayerdadir bitta, yana qayerdadir ikkita o‘yin bo‘ladi. Safarda yoki O‘zbekistonda o‘yinlar tashkil qilinadi. Bu esa bizning va raqibning holatidan kelib chiqiladi. Hammada hech kimga kerak bo‘lmagan pandemiya bor. Kimni kelishi oson yoki qiyinroq? Mana shunday masalalarni muhokama qilib, uyda yoki safarda o‘ynashga harakat qilamiz.
- Sir bo‘lmasa, bizga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha taklif bilan chiqayotgan terma jamoalar bormi?
- Juda ko‘p. Qishgacha bizda faqat noyabr oyida vaqt bor. 8-16 noyabr kunlarida FIFA kunlari bor. Bu kunlardan tashqarida jamoani yig‘a olmaymiz. Chunki hamma o‘z chempionatida o‘ynaydi. Shuningdek, yanvar oyida ham yig‘inimiz bor. Bu xususida murabbiy bilan gaplashamiz va bir qator rejalarimiz bor. Hal bo‘lsa, keyin aytishimiz mumkin. Hozir rahbarlar bilan yaxshi o‘yinlar tashkil qilishga harakat qilyapmiz. Nasib bo‘lsa, barcha yaxshi jamoalar bilan o‘ynaymiz.
- Shuningdek, kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘tkazish narxi ham qimmat bo‘lsa kerak-a?
- Hech qanacha qiyinchiligi yo‘q. Top-jamoalar 1,5 – 2 yil oldin FIFA kunlaridagi rejalarini ishlab chiqadilar. Shuning uchun bizni ular bilan o‘yin o‘tkazishimiz oson emas. Endilikda biz ham bir yillik rejalar tuzib, o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni olib boryapmiz.
- Yaqinda Keniya terma jamoasi bosh murabbiyi bilan suhbatlashganimda O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishi haqida aytgandi. Buni iloji bormi?
- Albatta iloji bor. Hamma bir-biri bilan o‘ynamoqchi. Futbolda hurmat yuqori darajada turibdi. Lekin boshqa muammo bor: kelib-ketish. Viza olish oson emas. Qayerdadir vaksina talab qilinadi. Masalan, mamlakatlarda talab qilinayotgan vaksinalar ham turlicha. Pandemiya muammo bo‘lyapti. Yaqinda Xitoy klubi Toshkentda Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynagandi, ular haligacha shu yerda, xabaringiz bormi? O‘z mamlakatiga kira olmayapti, Toshkentda mehmonxonada turishibdi. Ularni qonun-qoidalari mavjud va mamlakatiga kirib-chiqishida muammo bor ekan. Men ham eshitib hayron qoldim. Ko‘ryapsizmi, bu oddiy narsa emas.
- Oxirgi savol: “Nurafshon” Superligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish vazifasini uddalay olmadi. Siz ham u yerda ishladingiz. Jamoa nega bunday ahvolga tushib qoldi?
- Oddiy qilib aytganda, ko‘p narsalarni o‘zgartirish kerak. Men o‘ylaganimdan ham 3-4 barobar ko‘p ekan. Lekin hamma harakatda, izlanishda. Nasib bo‘lsa, klub maqsadiga erishadi. Bu yil bo‘lmasa, kelasi yilga. Hamma joyda bo‘lgani kabi u yerda ham muammolar bor. Birinchisi o‘z maydoni yo‘q. Superligaga chiqmoqchi, ammo klubni maydoni yo‘q! Lekin rahbariyat harakat qilyapti. Klubni Superligaga chiqishga imkoniyati yetadi. U yerdagi jamoa albatta Superligada bo‘lishi kerak.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi