20:36 / 02.11.2021
1 714

Karlos Gonsalles: "O‘zbekiston safidagi individual kuchli futbolchilar natijani ta’minlamoqda"

Karlos Gonsalles: "O‘zbekiston safidagi individual kuchli futbolchilar natijani ta’minlamoqda"
23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi saralashidan o‘rin olgan 3-tur doirasidagi Kuvayt - O‘zbekiston (1:5) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng Kuvayt U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Gonsalles fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugungi uchrashuv qiyin o‘tishi aniq edi. Oldingi o‘yinlarda guruhdan chiqish masalasini hal qilgandik. Shu bois bugun futbolchilarni g‘alaba ruhida maydonga tushirish oson bo‘lmadi. Qaysidir ma’noda bo‘shashgan bo‘lishimiz ham mumkin. Har qanday terma jamoa o‘z maydonida kuchli o‘yin ko‘rsatadi. Qolaversa tarkibdagi yo‘qotishlar ham o‘z so‘zini aytdi. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda esa futbolchilar qo‘ldan kelgancha harakat qilishdi", - deydi Karlos Gonsalles.

- Kuvayt futboliga so‘nggi yillarda katta pullar evaziga yaxshi saviyadagi legionerlar taklif qilinmoqda. Bu yoshlarning o‘sishi uchun qay darajada foydali bo‘lyapti?
- Siz to‘g‘ri aytdingiz. Yosh futbolchilar mahalliy tajribali futbolchilardan o‘rganishi kerak. Lekin qachonki ular birga maydonda o‘ynasa. Tarkibimizdagi futbolchilarning ko‘plari asosiy tarkibda ko‘p maydonga tushmaydi. Shu bois o‘yin amaliyoti kamroq.

- O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini o‘zingiz uchun qanday kashf qildingiz? Chunki keyingi yil ham musobaqada ishtirok etish uchun bu yerga kelasizlar va O‘zbekiston bilan to‘qnash kelishinglar mumkin...

- Chindan ham saralash bahslarini yomon o‘tkazmadik. Afsuski oxirgi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik. Har qanday musobaqada belgilangan vazifa amalga oshgach bo‘shashish holati kuzatiladi. Diqqatni jamlash imkonsiz. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida yaxshi shakllangan tarkib bor ekan. Murabbiylar yaxshigina ishlashgani ko‘rinib turibdi. Raqib safida individual futbolchilar natijani ta’minladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlos Gonsalles: "O‘zbekiston safidagi individual kuchli futbolchilar natijani ta’minlamoqda"
ePN