1 754
"Ro‘ziqul Berdiyev ishga ertalab kelib, hammadan keyin ketardi" - "Nasaf"ning kuchli himoyachisi yodingizdami?
“Nasaf” klubi hozir barchamizning diqqat-e’tiborimizda bo‘lib turibdi. Jamoa o‘z tarixida ikkinchi marta OFK Kubogi finaliga chiqdi. Hamma biladi, 2011 yilgi musobaqada qarshiliklar bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan. Bu safar “Nasaf”da ushbu g‘alabani takrorlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Jamoaning 2011 yildagi tarkibi kuchli edi. Jamoada asosan mahoratli ijrochilar jamlangan. O‘sha musobaqada “Nasaf” 12 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, barcha o‘yinlarda uzluksiz ravishda o‘ynagan uch nafar futbolchi bor. Bular –Murod Zuhurov, Lutfulla To‘rayev va Maqsud Karimov. Yuqorida aytib o‘tgan 12 ta o‘yinning barchasida to‘liq to‘p surgan yagona o‘yinchi esa bu – Karimov. “Nasaf”ning ushbu sobiq himoyachisi ham jamoaning OFK Kubogidagi ishtirokini diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Klubning muvaffaqiyati haqida Maqsud o‘z fikrlarini bildirdi.
- 2011 yilgi g‘alabadan ajoyib xotiralar qolgan, - deya gap boshladi Maqsud Karimov. - Bu butun umrga esda qoladi. Futbolni tugatgandan keyin ham odam futbolni sog‘inadi. Ayniqsa, OFK Kubogidagi, Superkubokdagi, O‘zbekiston Kubogi finalidagi unutilmas o‘yinlar bor. Chempionat bahslarida “Paxtakor”, “Bunyodkor”ga qarshi yoki Skolari, Ziko kabi murabbiylar ishlagan davrlardagi o‘yinlar har doim boshqacha o‘tardi. Katta ishtiyoq va katta xohish bilan tayyorlanardik. Ba’zida omadimiz kelardi, ba’zida esa yo‘q. “Nasaf”da birinchi o‘rinda infratuzilma to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.
Hozir “Xorazm”da rahbar sifatida ishlab, shunga amin bo‘lyapmanki, ko‘pchilik bu jamoani ham Superligada ko‘rishni istashyapti. Biz tog‘ni talqon qilib yuboramiz deb aytmaymiz. Ha, moliyaviy jihat ham rol o‘ynaydi. Yaxshi mutaxassis ham kerak bo‘ladi. Hozirgi bilim darajamdan kelib aytadigan bo‘lsam, infratuzilma yaxshi bo‘lishi kerak. Futbolchilar uchun birinchi navbatda yaxshi maydon, baza va uning ichida barcha sharoitlar bo‘lishi shart. Futbolda bu narsa ham o‘z mevasini beradi. Sharoit bo‘lgan joyda, mutaxassislar o‘z ustida ishlaydi va xohlaysizmi-yo‘qmi, o‘z ustida o‘sishga erishadi. Shu ish bilan shug‘ullansa, ertami-kechmi natijasini beradi.
Yana OFK Kubogidagi xotiralarni eslaydigan bo‘lsak, o‘shanda “Nasaf”ning tarkibi kuchli bo‘lgan. Klubning moliyaviy holati ham yaxshi edi. Bundan tashqari, bizda muhit, bir-biriga ishonch ham zo‘r edi. Bu narsaga hozirda Ro‘ziqul Sa’dullayevich katta e’tibor beradi. Shu narsa bo‘lmasa baraka bo‘lmaydi. Esimda, yarim finalda “Al-Vihdat, chorak finalda “Chonburi”ga qarshi o‘yinlarimiz murosasiz bo‘lgan. Guruhda to‘g‘risi biroz yengil o‘yinlar bo‘lgan. Raqiblar bizning darajamizda bo‘lmagan. Lekin klubning saviyasini oshirish va Respublikani dunyoga tanitish bo‘yicha OFK Kubogi ham o‘z o‘rniga ega va nufuzli musobaqa.
“Nasaf”dan bu safar ham g‘alaba kutyapmiz. Chunki imkoniyat bor. Bundan foydalanish kerak. Jamoaning o‘yinlarini ko‘ryapman. Yoshlar bilan ishlash o‘z mevasini berib kelyapti. Yuqorida aytganimdek, infratuzilma o‘z samarasini bermoqda. Men ham faoliyatim davomida ko‘plab mutaxassislarni ko‘rdim. Ro‘ziqul Berdiyevni maydon ichida tajribada ham ko‘rdik. Ungacha Viktor Kumikov, Edgar Gess, Usmon Toshev, Anatoliy Demyanenko kabilar bilan ishladik. Ro‘ziqul aka o‘sha murabbiylarni o‘zida umumiy jamlagan inson. Berdiyev bitta yo‘nalishda ketmagan. Ulardan o‘zi uchun eng kerakli bilimlarni olgan. Unga maqtov kerak emas. Bitta narsani bilaman, klubda o‘ynagan paytimda Ro‘ziqul Sa’dullayevich ertalab ishga keladi, hammadan keyin ketardi, kechqurun soat 11-12 gacha o‘tirardi. Futbolni haqiqiy yurakdan yaxshi ko‘radi. Mehnat qilayotgan inson buning mevasini ko‘raveradi. Bo‘sh vaqti bo‘lgunicha, imkon qadar akademiyadagi va o‘rinbosarlar jamoalari o‘yinini kuzatadi.
Bundan tashqari, televizordagi o‘yinlarni ham qoldirmaydi. Bunga o‘zim ham guvoh bo‘lganman. O‘sha paytda rahbarlar ham jamoani yaxshi qo‘llab-quvvatlashgan. Alisher Sultonov yechinish xonasiga kirib ikki og‘iz gapirardi va ko‘zimizdan o‘t chaqnardi. Maydonda borimizni berardik. Har bir chiziqda kuchli raqobat bor edi. Markaziy himoyada 6 ta futbolchi bo‘lardi. Artyom Filiposyan, Ahrol Risqullayev, Hamza Karimov, Boyan Malishich, Asror Aliqulov... O‘rtada Lutfulla To‘rayev, Ilhom Yunusov, Erkin Boydullayev, Fozil Musayev harakat qilishgan. Hujumda esa 9 nafar o‘yinchi to‘p surardi. Nosir Otaqo‘ziyev, Kenja To‘rayev, Shuhrat Mirxoldirshayev, Ivan Boshkovich, Ilhom Shomurodov, Zafar Polvonov...Futbolchilar yutqazmaslik uchun ham o‘z ustida qattiq ishlashardi, - deya munosabat bildirdi Karimov.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi