Bugun “Roma” Konferensiyalar ligasi guruh bosqichi to‘rtinchi turida Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasini qabul qiladi. O‘tgan turda bu jamoa Joze Mourino va uning shogirdlarini sharmanda qilgandi. Rimliklar 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olib, muxlislari ishonchini qaytarmoqchi.
Joze Mourino jurnalistlarga o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliyalik murabbiy Konferensiyalar ligasidagi vaziyat, “Roma”, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, qo‘l ostidagi futbolchilar, xususan, Eldor Shomurodov borasida ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
- Konferensiyalar ligasida olti ochkomiz bor va biz yaxshi holatdamiz. Biz bo‘lajak o‘yinda norvegiyaliklarni yengib, yana guruh peshqadamligini qaytarib olishni istaymiz.
Norvegiyadagi uchrashuvda haddan tashqari yomon o‘ynadik. Aniq kimnidir aybdor qilmoqchi emasman. Butun jamoa bo‘lib yutqazdik, endi hammamiz bir bo‘lib g‘olib chiqishimiz shart. Tabiiyki, bu gal maydonga butunlay boshqa jamoa tushadi. Avvalgi o‘yinda maydondagi chimning ahvoli va futbolchilarning toliqib qolishidan cho‘chigan edim. Men xato qildim, hammamiz adashdik.
Temmi Abraxam haqida gapirsam, u bizning safimizga umuman boshqacha futbol madaniyati shakllangan mamlakatdan keldi. U boshqacha hakamlikka ko‘nikkan, u yerlarda ijtimoiy muhit ham o‘zgacha. Albatta, bunday vaziyatda qiyinchiliklar bo‘ladi. Temmi kelishi bilan saviyasi va mahoratini ko‘rsatib qo‘ydi. Hozir ishlari yurishmayotgan bo‘lsa ham, unga ishonishda davom etamiz. U ajoyib o‘yinchi. Hech qanday muammo ko‘rmayapman. U hali o‘ynaydi va ko‘p muhim gollarni uradi.
Nikolo Dzanolo “Yuventus” bilan biroz qo‘rqib o‘ynadi va buni ikkita murakkab operatsiyani boshidan o‘tkazgani bilan izohlash mumkin. Buni to‘g‘ri tushunish kerak, vaqt o‘tishi bilan bunaqa hissiyotlar unutiladi. Jismonan hammasi joyida, Nikolo baquvvat yigit. U taktik jihatdan o‘yinini kuchaytirishi kerak. Dzanolo haqiqiy professional va o‘z ustida tinimsiz ishlashni yaxshi ko‘radi. Men uning ishga bo‘lgan munosabatidan mamnunman.
Aslida men jamoadagi hammaga ishonaman. Biroq ba’zida ijrochilar o‘zining eng yaxshi formasiga kirmagan bo‘ladi, ayniqsa o‘ziga ishonch masalasida ham buni kuzatish mumkin. Men Eldor Shomurodovning salohiyatiga ham xuddi Temmi Abraxamdek ishonaman. Eldorga ishonchim kuchli. Faqat bu yerda futbolchilarning funksional tayyorgarligida farq borligini inobatga olish lozim, - dedi Joze Mourino.
Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov “Jenoa”dan “Roma”ga aynan portugaliyalik mutaxassis taklifi va tanloviga ko‘ra o‘tgan. Rimliklar A Seriyadagi dastlabki mavsumida sakkizta gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi uchun 17,5 million yevro to‘ladi va keyingi transferidan genuyaliklarga ma’lum miqdorda ulush ajratadi. Shu tariqa, Eldor Shomurodov o‘zbekistonlik futbolchilar orasida eng qimmat transfer sohibiga aylandi.
Joze Mourino shogirdiga aylanganidan keyin Shomurodov o‘zining salohiyati va to‘purarlik mahoratini namoyish eta boshladi. O‘rtoqlik uchrashuvlarida ikkita va dastlabki rasmiy uchrashuv – Konferensiyalar ligasi saralash boshqichi doirasidagi o‘yinda “Trabzonspor” darvozasiga bitta to‘p kiritdi. Biroq, keyin vaziyat tubdan o‘zgardi. Bu “Chelsi”dagi o‘zgarishlarning “Roma”ga ta’siri bilan bog‘liq.
Xullas, “Chelsi” o‘z orzusidagi hujumchi – Romelu Lukakukini rekord summa evaziga qo‘lga kiritganidan keyin Tomas Tuxel jamoasida Temmi Abraxamga joy qolmadi. Iste’dodli hujumchining ahvolidan unumli foydalangan Joze Mourino uni Rimga chaqirdi.
“Roma” Temmi Abraxam uchun 40 million yevro to‘lab, o‘z tarixidagi rekord transferni amalga oshirdi. To‘g‘risi, Abraxamning kelishi Shomurodovning zarariga ishladi. Joze Mourino angliyalik yulduzni asosiy hujumchiga aylantirib, Eldorni zahiraga o‘tkazib yubordi. Ungacha, Shomurodov asosiy hujumchi vazifasini munosib uddalab kelayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi