5 noyabr o‘zbek futboli tarixiga Osiyo yashil maydonlaridagi ikkinchi kubok qo‘lga kiritilgan kun sifatida tarixga kirishi mumkin. "Nasaf" o‘z tarixida ikkinchi bor OFK kubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritib, muxlislarimizni xursand etishga yaqin. Biz esa final oldidan tomonlarning to‘qnashuviga oid 10 ta fakt bilan tanishtirib o‘tamiz.
1. Bu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuv hisoblanadi. "Al-Muharraq" 1928, "Nasaf" 1986 yil tashkil topgan.
2. Raqibimiz "Al-Muharraq" OFK kubogi finalida 3-bor o‘ynamoqda. 2006 yildagi ilk finalda Iordaniyaning "Al-Faysali" klubiga mag‘lub bo‘lgan bahraynliklar oradan 2 yil o‘tib bosh sovringa ega chiqqan. Jamoa hal qiluvchi bahsda "Safa SK" ustidan 2 o‘yin natijasiga ko‘ra, 10:5 hisobida g‘alaba qozongan.
3. "Nasaf" tarixida 2-bor OFK Kubogi finalida o‘ynamoqda. Qarshiliklar 2011 yil "Markaziy"da "Quvayt SK"ni 2:1 hisobi bilan taslim etgandi. Bu orqali "ajdarlar" qit’a miqyosida kubok yutgan o‘zbekistonning ilk va hozircha, yagona klubi bo‘lib turibdi.
4. Bahrayn va o‘zbek jamoalari bundan oldin faqatgina OFK kubogida 2 bor to‘qnash kelgan. 2009 yilga musobaqada "Busaytin" va "Neftchi" guruh bosqichi ikkala o‘yinida durang o‘ynagan. Farg‘onada 1-1, Bahraynda 2-2.
5. "Al-Muharraq" OFK kubogida ketma-ket 11 uchrashuvdan beri gol urib kelmoqda, umumiy 20 bor raqib darvozasi ishg‘ol etilgan. Agar klub "Nasaf"ga ham gol ursa, 12ta o‘yinlik rekord takrorlanadi. Shuningdek, o‘z shaxsiy rekordini ham yangilashi mumkin. Gap shundaki, ular so‘nggi 2 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. "Ajdarlar"dan gol o‘tkazib yubormasa, bu ularning tarixdagi eng yaxshi natijasi bo‘ladi.
6. "Nasaf" ketma-ket 6 o‘yinda zafar quchdi, 2011 yilda 8 uchrashuvda g‘alaba qozongandi. Agar finalda ham raqibidan ustun kelsa, turnirdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan birinchi va yagona jamoaga aylanib olishi mumkin.
7. "Ajdarlar" 21 gol bilan "OFK-2021"ning to‘purar jamoasi hisoblanadi. Berdiyev shogirdlari har bir o‘yinda o‘rtacha 3,5 ta gol urmoqda. Ulardan keyingi eng yaxshi natija "Li Man"da, 3 gol.
8. Qarshiliklar to‘purari Husain Norchayev so‘nggi o‘yinlarda 14 bor darvozani nishonga olib, 7 ta gol urdi. Uning oxirgi 4ta aniq zarbasi gol bilan yakunlagan.
9. "Al-Muharraq" futbolchisi Al-Malud OFK kubogi joriy mavsumida 19 ta golli vaziyat yaratdi va bu borada yetakchi bo‘lib turibdi. Uning hisobida 4 assist bor. Faqatgina Sherzod Nasrullayev undan ko‘proq golga pas bergan.
10. Oybek Bozorov 44 driblingdan 23tasini muvaffaqiyatli yakunlagan holda, joriy mavsum eng ko‘p dribling ishlatgan futbolchi bo‘lib turibdi. U eng yaqin 3 nafar ta’qibchisidan 2 barobar ko‘proq bu ishni amalga oshirgan. Vakilimizdan keyingi o‘rindagi 3 futbolchida 11tadan muvaffaqiyatli harakat bor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi