“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Konferensiyalar ligasi gurug‘ bosqichining to‘rtinchi turida “Budyo-Glimt” jamoasiga qarshi uchrashuvda tarkibni rotatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, bugun Eldor Shomurodov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlaydi. Portugaliyalik mutaxassis asosiy hujumchi Temmi Abraxam hordiq chiqarishi va ruhiy holatini tiklab olishiga imkon bermoqchi ekan.
Shuningdek, norvegiyaliklar bilan o‘yinda jamoa sardori Lorenso Pellegrini ishtirok etmaydi. Uning tizzasidagi shamollash bezovta qilmoqda va diskomfortdan qutilish uchun shifokorlar muolajasini olishni davom ettirishi kerak bo‘ladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, uchrashuvda Eldor Shomurodov hujum markazida o‘ynaydi, Stefan El-Shaaravi chap qanot hujumchisi vazifasini bajaradi, pleymeyker rolida Genrix Mxitaryan harakat qiladi.
Abraxam: Men hech qachon bahona qidirmayman
“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam “Budyo-Glimt”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Futbolda yaxshi kunlar qatori qiyin vaziyatlar ham bo‘ladi. Murakkab vaziyatga tushib qolganingda ko‘proq narsani o‘rganib olasan. Bu vaziyat o‘zimning yetakchilik qobiliyatimni namoyish qilib, jamoaga foyda keltirish uchun ayni muddaodir. Ba’zan, qiyinchiliklarni yengib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi.
Men hech qachon bahona qidirmayman. Doim jamoa bilan birga bo‘lgim keladi. Tezroq eng optimal formamga qaytishga umid qilyapman. “Roma” ishonchini ko‘proq oqlashim kerak. Oldinda bizlarni ajoyib yangiliklar kutayotganiga ishonchim komil, - dedi Temmi Abraxam.
24 yoshli angliyalik hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 15 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.
Qimmat transferlarning samarasi qanday?
Statistika mutaxassislar yozgi transferlar vaqtida qimmatga xarid qilingan Temmi Abraxam va Eldor Shomurodovning samaradorligini hisoblab chiqishdi.
“Roma”ga 40 million yevroga tushgan angliyalik hujumchi joriy mavsumda jami 1064 daqiqa harakat qilib, raqiblar darvozasiga to‘rtta to‘p kiritgan.
17,5 million yevro evaziga transfer qilingan Eldor Shomurodov esa asosan zaxiradan o‘yin qo‘shilmoqda. U shu paytga qadar 471 daqiqa o‘ynab, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Mourino: Konte yaxshi murabbiy, Nunu esa undan zo‘r
“Roma” ustozi Joze Mourino avvalgi jamoasi – “Tottenxem”da bosh murabbiy o‘zgarganiga munosabat bildirdi.
- Ma’lumki, “Tottenxem” qoniqarsiz natijalar tufayli portugaliyalik Nunu Eshpiritu Santuni iste’foga chiqarib, uni o‘rniga Antonio Konteni olib keldi.
Men Konteni yaxshi murabbiy, deb bilaman. Nunu Santu esa undan zo‘r. U “Vulverxempton”da bir-ikki oy emas, balki to‘rt-besh yil davomida fantastik natijalarni qayd etgan.
Hozir “Tottenxem”ga yaxshi murabbiy keldi, lekin Nunu davrida ham ular zo‘r ustozga ega edi, - dedi Joze Mourino. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi