
Konferensiyalar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Budyo-Glimt" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.
Birinchi bo‘lim yakunida Solbakken uchrashuvda hisobni ochdi. 54-daqiqada El-Shaaravi muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib mehmonlar futbolchisi Botxeym jamoasini yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 84-daqiqada Ibanes hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda legionerimiz Eldor Shomurodov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
"Roma" - "Bude-Glimt" 2:2
Gol: 0:1 – 45 Solbakken, 1:1 – 54 El-Shaaravi, 1:2 – 65 Botxeym, 2:2 – 84 Rojer.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Kristante, Manchini, Rojer, Mxitaryan (Karles Peres, 46), Veretu, Zanolo (Shomurodov, 66), Darbo (Vilyar, 46), El-Shaaravi (Zalevski, 88), Abraxam (Mayoral, 81).
Bude-Glimt – Xaykin, Sampsted, Moe, Lode, Berkan, Konradsen (Vetlesen, 88), Fet, Xagen, Pellegrino (Mugisha, 88), Botxeym, Solbakken.
Ogohlantirishlar: Kristante (75), Xaykin (75), Rojer (78), Solbakken (80), Moe (87).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar