17:35 / 05.11.2021
2 585

"Nasaf" shu paytgacha qancha pul ishlab oldi? Qarshiliklar qachon OCHLda qatnashadi? - Alisher Nikimbayevdan javob

"Nasaf" shu paytgacha qancha pul ishlab oldi? Qarshiliklar qachon OCHLda qatnashadi? - Alisher Nikimbayevdan javob
Bugun OFK kubogi final bosqichidan o‘rin olgan "Al Muharraq" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi. Bahs "Shayx Ali Bin Muxammad" o‘yingohida o‘tkaziladi. Ikki jamoa ham avval bir martadan ushbu kubok sohibiga aylangan.

Ushbu bellashuv oldidan biz Qatar futbolida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz, taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev bilan intervyu tashqil qildik. Unda sizni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob bor.

- “Nasaf”ning Bahraynning “Al Muharraq” klubiga qarshi o‘yindagi imkoniyati qanday?
- "Nasaf"ning bu bellashuvda imkoniyatlari juda yuqori. Qarshiliklarni favorit, deb hisoblasak ham bo‘ladi. G‘alaba qozonish qiyin, lekin uddalash kerak.

- 10 yil oldin chempion bo‘lgan va hozirgi “Nasaf” o‘rtasidagi farq kattami?
- 10 yil oldin chempion bo‘lgan "Nasaf"da tajribali va tarkibida mahoratli legionerlar ko‘proq edi. Jamoa ularga tayanib o‘ynagandi. Hozir esa biroz bo‘lsa-da, yoshroq jamoa. Ular asosan mahalliy futbolchilarga tayanadi. Bu ham bir tomondan yaxshi. 10 yil avvalgi moliyaviy jihat hozirgidan yaxshiroq. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, kamroq budjet bilan ham shunday natija qilish mumkin.

- Qarshiliklar OFK kubogida bu mavsum shu paytga qadar qancha pul ishlab topdi?
- Bugungi kungacha ushbu mavsum "ajdarlar" OFK kubogida faqat 100 ming AQSH dollari yutgan. OFK mintaqa chempionlariga 100 ming AQSH dollaridan to‘lamoqda. "Al Muharraq" ham shunday summa ishlab olgan.

Finalda yutgan jamoa bir yarim million AQSH dollari oladi. Yutqizgan esa 750 ming AQSH dollariga ega bo‘ladi.

- Agar Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari OFK kubogida chempion bo‘lsa, Osiyo chempionlar ligasiga chiqadimi?
- Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari OFK kubogida chempion bo‘lsa, ular Superliga va kubokdagi natijasidan qat’iy nazar, keyingi yilgi OCHL plef-offida qatnashadi. Agar O‘zbekiston kubogini "Paxtakor" va "Nasaf"dan tashqari boshqa klub qo‘lga kiritsa, o‘sha jamoaning o‘rniga qarshiliklar plef-offda o‘ynaydi. Demak, bugun "Nasaf"ning finaldagi g‘alabasi ko‘p narsaga bog‘liq.

- Keyingi mavsumlar uchun OCHLga kvotalarimiz qanday?
- 2022 yilgi kvotalarimiz bitta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri OCHL guruh bosqichida qatnashadi, ikkinchisi pley-offda va yana bir klubimiz OFK kubogida ishtirok etadi. Lekin 2023 yildan boshlab, kvotalarimiz deyarli aniq 2+2 bo‘ladi. Ya’ni 2 vakilimiz OCHL guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. Yana ikkitasi pley-offdan yurishini boshlaydi. Bundan keyin har yili kvotalar o‘gzaradi.

BЕKZOD Isayev suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" shu paytgacha qancha pul ishlab oldi? Qarshiliklar qachon OCHLda qatnashadi? - Alisher Nikimbayevdan javob