2 018
"Bu o‘yin ko‘proq O‘zbekistonga foyda beradi, terma jamoadan tushgan taklifni rad etganman" - Shota Arveladze
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Tbilisida Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Ayni paytda Srechko Katanes boshchiligidagi vakillarimiz tayyorgarlik ko‘rishyapti.
Gruziya milliy terma jamoasi biz uchun yaxshi raqib. Chunki Yevropadagi raqiblar bilan o‘yinlar har tomonlama jamoamiz uchun faqat foyda beradi. Ushbu uchrashuvdan ikkala tomonning ham ko‘zlab qo‘ygan maqsadlari bor, albatta.
Gruziya – O‘zbekiston qarama-qarshiligi bu ilk to‘qnashuv emas. Yodingizda bo‘lsa, 2017 yili birinchi marta bu terma jamoalar maydonda bellashishgan. O‘sha o‘yinda jangovar durang – 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lib, terma jamoamiz safida Eldor Shomurodov dublga erishgan. Bu esa ushbu jamoalarning o‘zaro ikkinchi uchrashuviga aylanmoqda.
Gruziya tomonlarda ham terma jamoamiz bilan o‘yinga qiziqish chakki emas. Albatta, gruziyaliklarni oldinda Shvetsiyaga qarshi juda muhim o‘yini kutib turibdi. Chunki ularning ham o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi bor.
“Paxtakor”da bir necha yil ishlab sovrinlarni yutgan va muxlislarning ishonchini qozongan gruziyalik Shota Arveladze uchun ham Gruziya – O‘zbekiston bellashuvi alohida ahamiyat kasb etsa ajab emas. Chunki Arveladze futbolchilik faoliyatida Gruziya terma jamoasida ham ko‘plab o‘yinlar o‘tkazgan, to‘purar maqomini haligacha o‘zida saqlab turibdi. Sports.uz muxbirining mazkur o‘yinga taalluqli savollariga Shota Yustinovich baholiqudrat javob qaytardi.
- Shota Yustinovich, yaqinda Tbilisida Gruziya hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu o‘yinni stadionda kuzatasizmi? Umuman, o‘yin oldidan nimalar degan bo‘lardingiz?
- Ushbu o‘yinni stadionda emas, balki televizor orqali uyimda tomosha qilmoqchiman. O‘ylaymanki, Gruziya – O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokida o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi qiziqarli kechsa kerak.
- Gruziyaning bugungi kuchiga qanday baho berasiz? Raqib O‘zbekistondan ancha kuchlimi?
- Menimcha, ikkala terma jamoa teng kuchga ega. Terma jamoamizning O‘zbekistondan kuchli demayotganimning boisi shuki, biznikilar barqaror o‘yin namoyish eta olmaydilar.
- U yerda sizdan O‘zbekiston termasi haqida so‘rashyaptimi?
- Hozircha mendan o‘rtoqlik o‘yinidagi raqib – O‘zbekiston haqida hech kim so‘rayotgani yo‘q. Aytishim kerakki, barchaning diqqat – e’tibori Shvetsiyaga qarshi kechadigan bo‘lajak bellashuvga qaratilgan.
- Sizni Gruziya terma jamoasiga ham taklif qilishgandi-a?
- Albatta, mendan Gruziya milliy terma jamoasini boshqarishni so‘rashgan. Ammo o‘z xohishimga ko‘ra, bu taklifni rad etganman. Buning sababini tushuntirib o‘tishni istamagan bo‘lardim.
- Tbilisida bo‘ladigan o‘yinda qanday hisobni kutyapsiz va ushbu qarama-qarshilik ko‘proq kimga foyda?
- Bu o‘yin ikkala terma jamoaga birdek foydali. Binobarin, O‘zbekiston terma jamoasiga ko‘proq foyda beradi. Chunki terma jamoangizni yangi bosh murabbiy boshqarishga kirishgan.
- Darvoqe, kuni kecha “Paxtakor” navbatdagi chempionligini nishonladi...
- Ha, albatta. “Paxtakor”ning chempionlikka erishganligi bilan menga ham bu quvonchni yetkazgan odamlar bo‘ldi. Ularni tabriklayman.
- O‘zingiz haqingizdagi oxirgi yangilikni ayta olasizmi?
- Xizmatimga ko‘z tikayotgan bir nechta klublar yo‘q emas, albatta. Ammo hozircha takliflarni o‘rganib chiqyapmiz. Vaziyat qanday yakun topishini esa vaqt ko‘rsatadi.
- Futbolsiz zerikayotgandirsiz?!
- Bo‘lmasam-chi, albatta zerikyapman. Axir hayoti futbol bilan chambarchas bog‘liq odamga sevimli o‘yinisiz ko‘p narsa zerikarli tuyuladi.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?