
"Roma" forvardi Temmi Abraxam jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu nimani o‘rgatgani haqida gapirdi.
"Maydonda shunchaki shafqatsiz bo‘lish kerak. Uning aytishiga ko‘ra, ayrim vaziyatlarda juda yumshoq o‘ynar ekanman. Biroq agressivlik namoyish qilib, o‘zingni katta hujumchilardek namoyish qilishing kerak.
Gap maydonda shunchaki yaxshi o‘yin ko‘rsatishda emas. Xarakterdan himoyachilar ham qo‘rqishi kerak. Shuni o‘rganyapman, o‘sishga intilyapman", - dedi Abraxam.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar