Portugaliya, Italiya va yana o‘nta terma jamoa JCH pley-off bosqichida qatnashishadi

Portugaliya, Italiya va yana o‘nta terma jamoa JCH pley-off bosqichida qatnashishadi
Yevropa mintaqasida saralash o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Shu tariqa, Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichida kurashadigan 12 jamoa nomi aniq bo‘ldi.

Pley-off bosqichi yarim-final va final o‘yinlaridan iborat bo‘ladi. Jamoalar kuchlariga qarab ikki toifaga bo‘linishgan.

Birinchi savat: Portugaliya, Shotlandiya, Italiya, Rossiya, Shvetsiya, Uels.
Ikkinchi savat: Turkiya, Polsha, Shimoliy Makedoniya, Ukraina, Avstriya, Chexiya.

Yarim finalda birinchi va ikkinchi savatdagi terma jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishadi. 12 jamoa o‘zaro yarim final o‘yinini o‘tkazadi. Saralangan olti terma jamoa uchta juftlikni hosil qilib, final o‘yinida qatnashishadi. G‘olib bo‘lgan uchta terma jamoa esa Qatar-2022 ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Portugaliya, Italiya va yana o‘nta terma jamoa JCH pley-off bosqichida qatnashishadi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar