"SPORT TV" kanali Moldoviyaning "Sherif" klubi hujumchisi - Jasur Yaxshiboyev bilan intervyu tashkillashtirdi. Suhbatda, "Real" darvozasiga urilgan goli, YECHL atmosferasi, kelajakdagi rejalar va boshqa ko‘plab mavzulardagi savollarga futbolchi javob berdi.
- Madrid klubi darvozasiga kiritgan golingiz haqida so‘zlab bersangiz?
- "Santyago Bernabeu"ni yoshligimda teleekran orqali tomosha qilganman. Har qanday yosh futbolchining orzusi shu arenada gol kiritish. Orzuyimga yetdim.
Gol quvonchini so‘z bilan tasvirlab berish mushkul. Ayniqsa, maydonda yulduzlar bilan to‘p tepayotganim kuchli hayajonga sabab bo‘ldi. Yaqinda televizorda o‘yinlarini tomosha qilganlarim bilan yashil maydonda harakat qilish boshqacha. Urashuvdan oldin gol kiritishni niyat qilgandim.
- Srechko Katanes sizni yig‘inga taklif etdi, biroq jarohat sababli Gruziya bilan bellashuvni o‘tkazib yubordingiz?!
- "Inter" bilan o‘yin paytida oyog‘im lat yedi. Shunga qaramay, MTJdan taklif oldim. To‘g‘risi, jarohatni yengil, deb o‘ylagandim. Toshkentga kelgach, mashg‘ulotlarda og‘riq kuchayib ketdi. Shu bois, murabbiylar bilan kelishgan holda Toshkentda qoldim. Boz ustiga, klubimda YECHL doirasidagi muhim o‘yinlarda maydonga tushishim lozim. Gruziyaga qarshi bahs o‘rtoqlik maqomida ekanligi uchun ular tavakkal qilishni istamadi.
- Srechko Katanes bilan suhbatlashdingizmi?
- Ko‘p so‘zlashishga imkon bo‘lmadi. U birinchi navbatda intizomni talab qilmoqda. Bu tabiiy. Tartib-intizomsiz natija bo‘lmaydi. Har bir futbolchi o‘z vatani sha’nini himoya qilish uchun maydonda jang qilishga tayyor bo‘ladi. Katanetsdan oldingi murabbiylar bilan kelisha olmadik. Avval ham MTJda to‘p tepishni istaganman. Ikki bor chaqiruv olganimga qaramay, ikki safar ham jarohat bunga imkon bermadi. Gruziya bilan uchrashuvda ham maydonga tushmoqchi edim, ammo imkoni bo‘lmadi.
- Vadim Abramov bilan qanday muammo bor edi?
- Ochig‘ini aytsam, Abramov bilan hech qanday janjal bo‘lmagan. Balki uning taktikasiga yoki o‘yin uslubiga mos kelmagandirman. Birorta o‘yinda ishtirok etganim yo‘q. Vaholanki, jamoaga yordam berishga tayyor edim.
- So‘nggi yillarda klublarni tez-tez almashtiryapsiz. Aytingchi, tanlovni nima evaziga amalga oshirasiz?
- Birinchi navbatda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishga harakat qilaman. Agar pulni tanlaganimda, arab klublaridan biriga borib qo‘shilgan bo‘lardim. Menda hozir ham ulardan takliflar bor. Asosiy niyatim, Yevropaning top klublarida harakat qilish.
- Agentlar masalasiga qanday qaraysiz?
- Hozirgi zamonda ko‘plab agentlar futbolchilarning kelajagini emas, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida o‘ylaydi. Men o‘z agentlarimga 100 foiz ishonaman. Ular arab klublaridan tushgan moliyaviy baquvvat takliflarni menga aytishdi, biroq Yevropada qolishim yaxshiroq ekanligini aytishdi. O‘zim ketmoqchi ham bo‘ldim, biroq ular bilan suhbatdan so‘ng fikrimdan qaytdim.
- Shota Arveladze bilan nima sodir bo‘ldi?
- U kelgach, o‘yinlarimni tomosha qildi. Hatto, OCHL saralash bahsining birinchisida maydonga ham tushirdi. U meni zahiraga oldi. Jaxl ustida, uzatgan qo‘lini olganim yo‘q. O‘sha voqeadan so‘ng, o‘rtamizda nizo paydo bo‘ldi. Avvaliga bir oy mashg‘ulotlardan chetlatdi. Keyin, deyarli o‘zimni ko‘rsatishimga imkon bermadi.
- "Sherif" qanday jamoa?
- Nima desam ekan, ularni hozir qanaday to‘p tepayotganini hamma ko‘rib turibdi. Jamoa yaxshi shakllangan. "Inter" yoki "Real" bilan solishtira olmasak ham, "Sherif"ni kuchli jamoa, deb ayta olaman.
Yevropa Chempionlar ligasida maqsadimiz guruhdan chiqish. "Real" va "Shaxtyor" bizdan kuchliroq bo‘lishiga qaramay, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. "Sherif" o‘z tarixida ilk bor YECHLda ishtirok etmoqda. Biz allaqachon tarix yaratdik. Bu bilan cheklanmoqchi emasmiz. Imkon bor ekan, albatta, kurashib ko‘rish shart. Hozir Yevropa ligasida ishtirok etish uchun qulay imkoniyatga egamiz. Hech bo‘lmaganda, shu yo‘llanmani saqlab qolish uchun ham kurashishimiz shart.
- Jarohatingizni davolatish uchun Moldovaga qaytasizmi yoki rejalaringiz o‘zgachami?
- Bu yerda operatsiya qilish kerakligi haqida aytishdi. Klubimdagilar tezroq kelishimni aytyapti. Klub shifokorlari bilan maslahatlashib, yakuniy qarorni chiqaramiz.
Hozircha, qachon maydonga qaytishim haqida aniq ma’lumot yo‘q. "Real"ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushmoqchiman. Buni judayam istayapman.
- "Sherif" bilan shartnomani uzaytirmoqchimisiz?
- Hozir ijara asosida "Sherif" sharafini himoya qilyapman. Agentlarim Yevropaning bir nechta klublaridan takliflar borligi haqida ma’lumot bergan. Qishda kelajagim borasida qaror qabul qilishim mumkin.
Italiyaga o‘tishim haqidagi xabarlar mish-mish. Top-5 bo‘lmasa ham, Portugaliya klublaridan takliflar tushyapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi