CAFA U-15 turnirining birinchi tur uchrashuvlari oldidan bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov ham ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.
Turnir haqidagi fikrlaringiz qanday?
— Birinchi galda men turnir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni aytib o‘tmoqchiman. Chunki ushbu musobaqa hammamiz uchun keyingi yirik turnirlar uchun tayyorgarlik vazifasini ham o‘tab beradi. Jamoamizning tayyorgarligiga kelsak, bizda — Yangi O‘zbekistonda bolalarga, yoshlarga e’tibor har galgidan kuchaygan. Ayniqsa, futbolga qiziqadigan o‘smirlarga yondashuv ham yangi darajaga ko‘tarilmoqda. O‘ylashimcha, qolgan jamoalarda ham xuddi shunday rivojlanish jarayoni ketmoqda. Umuman olganda, mana shu turnir barcha uchun har tomonlama foydali bo‘ladi.
Musobaqa uchun oldingizga qanday maqsad qo‘ygansiz?
— Oldimizga qo‘yilgan vazifalar haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi galda yoshlarimizning imkoniyatlarini ko‘rib, chamalab olishimiz kerak. Maqsadimiz ularning rasmiy uchrashuvlardagi harakatlarini tahlil qilish hamda ulardan nima kutayotganimizni uqtirish va tushuntirishdan iborat.
Qaysi jamoani o‘zingiz uchun yaqqol raqib sifatida ko‘rsatgan bo‘lardingiz?
— Hozirda qaysidir jamoani o‘zimiz uchun asosiy raqib sifatida ko‘rsata olmayman, chunki, o‘zingiz ham bilasiz, Covid-19 sababli hamma jamoalar o‘z darajasini ko‘rsata olmayapti. Musobaqalar masalasida tanaffus ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Shu sababli, aynan qaysidir jamoani mana shu bizning haqiqiy raqibimiz, deb ayta olmayman. Hammada kuch bor, o‘ylashimcha, turnirda to‘rtala jamoa ham o‘z so‘zini ayta oladi. Barcha jamoalarga omad tilayman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi