08:23 / 20.11.2021
4 489

"Yaxshiboyev va Umarov, o‘zbekistonlik futbolchilardagi asosiy muammo ..." - "Energetik-BGU" bosh murabbiyi

"Yaxshiboyev va Umarov, o‘zbekistonlik futbolchilardagi asosiy muammo ..." - "Energetik-BGU" bosh murabbiyi
Sezgan bo‘lsangiz, so‘nggi ikki mavsumga kelib Belarus chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarimiz soni oshdi. 2020 yil boshida "Energetik-BGU" safiga borib qo‘shilgan Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov ko‘p vaqt o‘tmasdan o‘zlaridan ijobiy taassurot qoldirishni boshlashdi.

Bu yilga kelib esa jamoada uch nafar o‘zbekistonlik futbolchi to‘p tepmoqda. Bobir Abdixoliqov, Doniyor Abdumannopov, Shahzod Ubaydullayev. Qiziq, nima uchun klub hamyurtlarimizga qiziqib qoldi? Futbolchilarimiz uchun Belarus Rossiyadan ko‘ra qulay chempionatmi? Biz shu va boshqa savollar bilan jamoa bosh murabbiy Vladimir Belyavskiy bilan bog‘lanib suhbatlashdik.

- Yevropadagi sarguzashtlarini aynan "Energetik-BGU" boshlagan Jasur Yaxshiboyev bugungi kunda "Sherif"da to‘p tepmoqda. U yaqinda YECHLda "Real Madrid" darvozasini ishg‘ol qildi. Sizda uning o‘yini qanday xulosa uyg‘otdi?
- Jasur Yaxshiboyev yuqori klassga ega futbolchi. U jamoaimizga kelgan ilk kunlardanoq buni ko‘rsatgan. Mashg‘ulot uslubimizga tezda ko‘nikib ketgandi. Natijada birinchi davradan so‘ng Belarus chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Ikkinchi davrada amaldagi chempion Soligorskning "Shaxtyor" jamoasiga yo‘l oldi. Meni e’tiborimni tortgan narsa shu bo‘ldiki, o‘zbekistonlik futbolchilar jamoaviy o‘yinga tezda kirishib ketishlari qiyin kechadi. Bunga jismoniy holat ham sabab bo‘lishi mumkin. Yana bir iqtidorli futbolchi Shahboz Umarovda jismoniy jihatdan formaga kirish qiyin kechgan. Lekin o‘z ustida ishladi, mashg‘ulotlarda ter to‘kdi. Hozir mana BATEda o‘ynayapti. Umuman olganda futbolchilaringiz bilan aloqalarimiz yaxshi.

- Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov "Energetik-BGU"ga kelishidan oldin o‘z jamoasida o‘yin amaliyotiga ega emasdi. Chunonchi, Umarov AGMKda o‘rinbosarlar a’zosi hisoblanardi. Bunday pallada hamma murabbiy ham darhol ishonch bildirib ketavermaydi...
- Bilasizmi, mashg‘ulot va tayyorgarlik ko‘p narsani hal qilib beradi. Bunday paytda individual kuchli futbolchilar bilan ishlash bir muncha qiyin bo‘ladi. Lekin jamoamizda mashg‘ulotlarda 8 nafargacha murabbiy ishlaydi. Futbolchilar bilan shug‘ullanadi. Ustida ishlaydi, keraksiz jihatlarni kamaytirishadi. Har birining o‘z xarakteri bor. Asosiysi, biz bir-birimizni tilimizni tushuna oldik.

- Nima deb o‘ylaysiz, Belarus o‘zbekistonlik futbolchilarga Yevropaning kuchli klublariga borish uchun Rossiya yoki Ukrainaga qaraganda qulay chempionatmi? Ya’ni yaxshi trampolinmi?
- Yevropadagi ko‘p chempionatlarda jismoniy holatga katta e’tibor qaratilishini juda yaxshi bilasiz. Xususan, "Energetik-BGU"da bu borada ishlanadi. Jasur Yaxshiboyevdan tashqari, Ilya Shkurin Moskvaning SSKA jamoasiga ketdi. Hozirda Kiyevning "Dinamo" klubida harakat qilmoqda.

- O‘tgan mavsum ikkinchi davrasida o‘ynagan Xumoyunmirzo Iminovga o‘zini ko‘rsatishi uchun nima yetishmadi?
- Menimcha yana bir yil qolishi kerak edi. Yaxshi va sifatli o‘yinchi. Yaxshiboyev va Umarov mavsum oldidan o‘tkazilgan yig‘inlarda qatnashishgandi. Iminov esa ikkinchi davrada kelib qo‘shildi. Shu bois biroz qiynaldi. Ammo ortiqcha e’tirozim yo‘q. Aytganimdek yana bir yil qolganida umuman boshqa darajadagi o‘yinchiga aylanardi.

- Ayni paytda "Energetik-BGU" sharafini himoya qilayotgan Bobir Abdixoliqov, Shahzod Ubaydullayev va Doniyor Abdumannopov haqida fikringizni bildirsangiz?
- Nima desa ekan, mentalitetmi yoki o‘zbekistonliklarga hos bo‘lgan odatmi, qiynalishadi. O‘z vatanlaridan olisda sog‘inib qolishadi. Mana shu jarayonni yengib o‘tish lozim. Shuningdek bu uch futbolchi turli holatda kelgan. Shahzod "Shaxtyor"dan, Bobur esa "Rux"dan safimizga qo‘shildi. Yaxshi jismoniy sport formasiga kirib olishsa o‘zlarini ko‘rsatishlariga ishonaman. Bobur Abdixoliqov Ukrainada deyarli o‘ynamadi. O‘yin amaliyotisiz qolgan. Shu bois tiklanib olishi zarur.

- O‘zbekistonlik futbolchilarning qaysi jihati sizni qiziqtira oldi?
- To‘p bilan ishlash, tezkorlik va texnik tomondan kuchli. Faqat jismoniy holatda oqsash bor, xolos.

- Futbolning rivojlanishi uchun nima birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak? Pul yoki xohish?
- Birinchi navbatda xohish bo‘lishi kerak. Xohish bo‘lsa, pul topiladi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yaxshiboyev va Umarov, o‘zbekistonlik futbolchilardagi asosiy muammo ..." - "Energetik-BGU" bosh murabbiyi