
Pro ligada 2021 yilgi mavsum yakunlandi. Bir necha kun avval "Neftchi" va "Dinamo" 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritib, Superliga yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
Endi esa "Olimpik" Superligaga o‘tish bahsida qatnashadigan bo‘ldi. Oxirgi turda "Nurafshon" o‘z uyida "Olimpik" bilan kuch sinashib, g‘alaba qozondi. Biroq buxoroliklar o‘zaro o‘yindagi to‘plar farqiga ko‘ra o‘tish o‘yinidan mosuvo qolishdi.
Shu tariqa, "Olimpik" 2 dekabr kuni Superligada 12-o‘rinni egallagan jamoa bilan o‘tish o‘yinida maydonga tushadi. Bellashuv "Jar" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 14:00ga belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, ayni payt Superliga turnir jadvalida "Mash’al" 23 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. "Surxon" va "Metallurg" 22 ochko jamg‘argan holda 11 va 12-pog‘onalarni band etgan. "Andijon" hamda "Turon" Pro ligaga ravona bo‘ldi. Superliga yakunlanishiga esa bitta tur qoldi xolos. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar