09:54 / 23.11.2021
1 503

12 ta klub OFK litsenziyasini, 9 ta klub esa milliy litsenziyani shartli ravishda qo‘lga kiritdi

12 ta klub OFK litsenziyasini, 9 ta klub esa milliy litsenziyani shartli ravishda qo‘lga kiritdi
OFK veb-saytida 2021 yilgi litsenziyalash jarayoni natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, bu yil 12 ta o‘zbek klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi. Litsenziya olgan klublar soni bo‘yicha O‘zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreyadan so‘ng BAA bilan 3-pog‘onani bo‘lishib turibdi.

Umuman litsenziyalash jarayoni o‘tkazilishing eng asosiy sababi – klublarimizning umumiy infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilab borish, ularning har jihatdan professional maqomga mos tushishiga erishish sanaladi.

Shuni inobatga olib O‘zPFL yil avvalida qit’a futbol konfederatsiyasi bilan hamkorlik qilgan holda yangi “Klublarni litsenziyalash reglamenti” ishlab chiqdi va uning ijrosini mavsum davomida nazorat qilib bordi. Bunda klublar OFK onlayn platformasi – AFC CLASga 5 asosiy tamoyil: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy, moliyaviy mezon bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plamlarini yuklab borishdi.

Bu yil masalaga jiddiy yondoshuv o‘z samarasini berdi va birinchi bor har bir klub maxsus platformaga hujjatlarni to‘liq joyladi. Ilgari xalqaro maydon uchun imkoni bor klublargina litsenziyalashga jiddiy e’tibor bergan, qolgan klublar talabni deyarli bajarmagan.

Shuningdek, tarixda ilk bor Pro liga klublari ham litsenziya olish uchun potensial nomzodga aylandi, ko‘plab klublar stadion yoritish tizimini yaxshlash zarur ekanini anglab, bu borada oldinga qadam tashladi.

Shu kungacha professional klublarimiz duch kelgan eng katta muammo auditorlik hisobotlari bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘zPFL bu yo‘nalishda OFK bilan bir necha bor muzokara olib bordi va yakunda barcha klublar uchun auditorlik hisoboti bo‘yicha yagona na’muna ishlab chiqildi. Biz auditorlik xulosalari xalqaro standartlari asosida OFK platformasiga joylashtirilishni uddaladik. Yakunda 12 ta klubimiz OFK litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

Yuqoridagi barcha jihatlarni inobatga olgan holda 2022-yilgi musobaqalarda qatnashish uchun litsenziyalar 3 xil toifada taqdim etildi:

OFK litsenziyasi (12 ta klub) – “Paxtakor”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Dinamo”, “Metallurg”.

Milliy litsenziya (12 ta klub) – “Paxtakor”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Dinamo”, “Metallurg”.

Milliy litsenziya (shartli ravishda – 9 ta klub) – “Mash’al”, “Navbahor Lochinlari”, “Qo‘qon-1912”, “Sho‘rtan”, “Xorazm”, “Andijon”, “Surxon”, “Yangiyer Quruvchi”, “Aral Samali”.

E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, “Neftchi”, “Buxoro” va “Dinamo” Pro ligada ishtirok etgan bo‘lsa-da, yakunda OFK va Milliy litsenziya talablarini bajara oldi. Ushbu 3 klubni aksar Superliga ishtirokchilariga o‘rnak sifatida ham ko‘rsatish mumkin. Zero ular zarur kamchiliklarini vaqtida bartaraf etdi va hujjatlar to‘plamlarini to‘liq tarzda topshirishdi.

Lekin ba’zi klublar projektor borasida hamon muammoga ega. Shu boisdan “Mash’al”, “Qo‘qon-1912”, “Sho‘rtan”, “Xorazm”, “Andijon”, “Surxon”, “Yangiyer Quruvchi”, “Aral Samali” klublari Milliy litsenziyani ham shartli ravishda qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, ushbu klublarda yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha dastur, ya’ni akademiya yoki futbol maktabi yo‘riqnomasi bo‘yicha ham kamchiliklar kuzatildi. Ushbu sanab o‘tilgan klublar kelasi mavsum startiga qadar ushbu kamchiliklarini tuzatishlari lozim bo‘ladi. “Navbahor Lochinlari” esa qolgan barcha mezonlarga to‘liq javob bersa-da, klubning sobiq murabbiylari oldidagi qarzdorligi masalasi hal etilganicha yo‘q.

Qolaversa, mavsum o‘rtasida Pro ligani tark etgan “Oq-tepa”ga litsenziya rad etildi. Hali tashkil topganiga va O‘zPFL musobaqalarida qatnashayotganiga 2 yil bo‘lmagan “Olimpik” esa Litsenziyalash reglamenti “2-yillik qoida”siga mos tushmagani bois litsenziyalashda rasman ishtirok etmadi.

Ma’lumot uchun, 2016 yildan boshlab OFK litsenziyalash talablarini qat’iylashtirib, uni yangi bosqichga olib chiqa boshladi. Shu tariqa 2018 yil OFK litsenziyasiga sanksiyasiz ega chiqqan klublar soni 4 tani tashkil qildi, 2019 yilda esa bu ko‘rsatkich 6 taga yetdi. 2020 yilda biz mazkur raqamni 7 taga olib chiqqandik. Bu yil esa 12 talik dovonga yetib keldik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 12 ta klub OFK litsenziyasini, 9 ta klub esa milliy litsenziyani shartli ravishda qo‘lga kiritdi