12:18 / 26.11.2021
2 515

Yaxshiboyev jamoasi Yevropa maydonlarida qancha daromad qildi?

Yaxshiboyev jamoasi Yevropa maydonlarida qancha daromad qildi?
Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etayotgan “Sherif” jamoasi turnirning pley-off qismiga chiqa olmagan bo‘lsa-da, “ko‘hna qit’a”ning ikkinchi musobaqasi – Yevropa ligasining o‘tish turnirida qatnashadi.

UYEFA qoidasiga ko‘ra, Chempionlar ligasi guruh bahslarida uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar Yevropa ligasi guruhlarida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lgan klublar bilan nimchorak finalga chiqish uchun uy-safar tizimida o‘zaro kuch sinashadi.

“Sherif” o‘z guruhida muddatidan oldin uchinchi o‘rinni naqd qildi va Yevropa ligasiga yo‘llanma bilan birga 500 ming yevroga ham ega bo‘ldi. Shu tariqa, Tiraspol klubining joriy mavsumda Yevropa Chempionlar ligasidan topgan daromadi 22,87 million yevroni tashkil qildi.

Endi “Sherif” guruhdagi so‘nggi uchrashuvni safarda “Shaxtyor”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs g‘olibi yana 2,8 million yevroni qo‘lga kiritadi. Durang qayd etilsa, jamoalar 930 ming yevrodan qo‘shimcha pul oladi.

Jasur Yaxshiboyev jamoasi Yevropa ligasi pley-offidagi raqibini 13 dekabrga belgilangan qur’a marosimida bilib oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaxshiboyev jamoasi Yevropa maydonlarida qancha daromad qildi?