
"Roma" Konferensiyalar ligasi guruh bosqichi 5-turida "Zarya" bilan kuch sinashdi. Ukraina jamoasiga qarshi kechgan bahs Italiyada bo‘lib o‘tdi.
Rimliklar bellashuvda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab, maydon egalari safida Karles Peres 15-daqiqada hisobni ochdi. Keyin Dzanolo 33-daqiqada farqni ikkitaga oshirdi. Abraxam esa 46 va 75-daqiqada darvozani ishg‘ol qilib, dublga erishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Romatube.it uchrashuvda harakat qilgan futbolchilarning o‘yinlarini baholadi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 6 ballga loyiq ko‘rildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar