22:16 / 26.11.2021
2 143

JCH-2022 saralashiga qur’a tashlandi: Portugaliya yoki Italiya mundialga bormaydi

JCH-2022 saralashiga qur’a tashlandi: Portugaliya yoki Italiya mundialga bormaydi
Shveysariyaning Syurix shahrida 26 noyabr kuni Yevropa mintaqasining JCH—2022 musobaqasi o‘tish bahslari yarim finallariga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra, pley-off bosqichiga yo‘l olgan 12 jamoalar A, B va C yo‘llariga bo‘lib chiqildi. Bunda jamoalar (yarim final bahsida) bittadan o‘yin o‘tkazadi, unda g‘olib bo‘lgan jamoa o‘z yo‘lidagi g‘alaba qozongan ikkinchi jamoa bilan hal qiluvchi o‘yinda (final) maydonga tushadi. O‘z yo‘llaridagi finallarda g‘alaba qozonganlar esa Jahon Chempionati yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Qayd etish kerak, Yevropa chempionatlarining so‘nggi ikki g‘olibi Italiya (2020) va Portugaliya (2016) C yo‘lidan joy oldi. Bu JCH—2022 da Italiya yoki Portugaliya qatnashmaydi deganidir.

Quyida juftliklar bilan tanishing:

Eslatib o‘tamiz, yarim final bahslari 2022 yilning 24 martida, finallar esa 29 martda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2022 saralashiga qur’a tashlandi: Portugaliya yoki Italiya mundialga bormaydi