
Xabar berib o‘tganimizdek, 17 dekabr kuni Toshkentdagi "Zo'r TV arena"da yirik professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev ham jang o‘tkazadi. Manbalarning xabar berishicha, mazkur oqshomda Meliqo‘ziyevga rossiyalik bokschi Sergey Ekimov raqiblik qilishi kutilmoqda.
Ekimov faoliyatini yarim og‘ir vazn toifasida (79,3 kg) olib borayotgan bokschi hisoblanib, shu vaqtga qadar 21 ta jang o‘tkazgan va ulardan 18 tasida g‘alaba qozongan (9 tasi muddatidan oldin). 3 mag‘lubiyatining so‘ngisini joriy yilning 8 aprel kuni Umar Salamovdan teng jangda qabul qilib olgan.
ToshkentBoks OqshomiBektemir Meliqo‘ziyevSergey EkimovSport YangiliklariProfessional Boks O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar