12:25 / 27.11.2021
2 013

“Nyukasl” maoshini eshitgan “Barsa” yulduzi ketishga shaylanib qoldi

“Nyukasl” maoshini eshitgan “Barsa” yulduzi ketishga shaylanib qoldi
“Nyukasl” o‘z safiga Usmon Dembeleni qo‘shib olish uchun unga katta miqdordagi maosh taklif qilmoqda. “Qarg‘alar” bu orqali futbolchining “Barselona” bilan yangi bitim imzolamasligini ta’minlamoqchi.

Aslida fransiyalik hujumkor futbolchining xaridorlari ko‘p. Biroq, nyukaslliklar unga yiliga 15 million yevro maosh to‘lamoqchi bo‘layotgani ularni futbolchi uchun kurashda favoritga aylantirdi.

“Barselona”ni qabul qilib olgan Xavi ham klub mutasaddilaridan mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Dembeleni olib qolishni talab qilyapti. Kataloniyada juda ko‘p jarohat olayotgan futbolchining o‘zi muhitni o‘zgartirish tarafdori. Qolaversa, kataloniyaliklar moliyaviy inqiroz davrida Usmonga angliyaliklar kabi katta maosh berolmaydi.

2017 yili 105 million yevroga transfer qilingan Usmon Dembele o‘tgan yozda Yevropa chempionatida olgan jarohatini davolatish bilan band. Agar “Barselona” yanvargacha uni yangi bitimga ko‘ndirmasa, boshqa da’vogarlar rasmiy muzokara boshlash huquqini qo‘lga kiritadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nyukasl” maoshini eshitgan “Barsa” yulduzi ketishga shaylanib qoldi